Sayidmurodov Mirzoxid Mirzaraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pnevmomexanik yigiruv qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish masalalari”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.2.PhD/T1739. 
Ilmiy rahbar: Abduvaxidov Mubashshirxon, texnika fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Juraevich, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokir Erkin o‘g‘li, PhD, dotsent.    
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozilik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pnevmomexanik usulda ip yigirishda, soxta buram berish v`yurogining dinamikasi masalalarini tadqiq qilish va ip shakllantirish-pishitish qurilmasining yangi konstruktiv echimlarini topish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pnevmomexanik yigirish mashinasining ip shakllantirish-pishitish qurilmasi uchun yangi sohta buram berish v`yurog qurilmasi ishlab chiqilgan hamda unda olingan ipning harakat qonuniyati asosida yigirish jarayoni takomillashtirilgan;
pnevmomexanik yigirishning barqarorlashmagan ish rejimlarida ip shakllantirish-pishitish qurilmasini o‘rnatish orqali mashinani yurishi va to‘xtatishida sohta buram berish jarayonining dinamikasini matematik modellari qurilgan;
ip yigirishning pnevmomexanik usulida ip sifatini oshirish uchun yangi ishlab chiqarishga tavsiya etilayotgan soxta buram berish v`yurogini mashinaning ip shakllantirish qismiga qo‘llab shakllanayotgan ipning harakat tenglamasi ishlab chiqilgan va harakat traektoriyasi aniqlangan; 
tajribada ko‘p omilli rejalashtirish natijalari asosida olingan ip shakllantirish-pishitish qurilmasining muqobil parametr qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishda yangi konstruksiyali ip shakllantirish-pishitish qurilmasi parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi pnevmomexanik yigirish mashinasiga qo‘llangan ip shakllantirish-pishitish konstruksiyali qurilmasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli «GULSUM-TEKSTIL» MChJ va «AHSIN» MChJ to‘qimachilik korxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 noyabrdagi 03/14-3054-son ma’lumotnomasi);
Namangan viloyatidagi to‘qimachilik korxonalaridagi pnevmomexanik yigiruv mashinalari ip shakllantirish-pishitish qurilmalariga soxta buram berish v`yurogi joriy etilganda (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 1 noyabrdagi 03/14-3054-son ma’lumotnomasi) elektr energiyasi sarfini 10% gacha kamayishi, ip shakllantirish tezligini 15% ga ortishi hisobiga ish unumdorligini oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish