Abduvaxidov Mutaxxirxon Muboshirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arrali ishchi organlarning egilish bikrligini aniqlash masalalarini tadqiq qilish” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.4.PhD/T1435. 
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya istituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobomatov Abdug‘ani Xusanovich PhD, dotsent.    
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  paxta tozalash mashinalarining arrali ishchi organlarini egilishdagi bikrlik parametrlarini hisoblash usulini ishlab chiqish, hamda arrali jin silindri arra va qistirmalar taxlami elementlaridan foydalanib ular orasidagi ishqalanish kuchining kamaytirish va mahsulot sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
arrali jin mashinalarida arra va qistirmalar paketining mustahkamlini ta’minlash  uchun tayyorlangan konstruksiyada qurilma ishlab chiqilgan hamda bo‘ylama siquvchi kuch paket holatiga keltirilgan yassi disklarning birgalikda ishlash holati va muvozanat sharti ishlab chiqilgan;
paxta tozalash korxonasidagi jin masinasining arrali silindr paketini engillashtirish orqali egilish bikrligiga ko‘p ta’sir qiluvchi disklar va ular orasidagi ishqalanish kuchlari hamda deformatsiyalanishi nazariy tadqiq qilingan; 
arrali silindr paketi egilish bikrligiga bir qator konstruksion va ekspluatatsion faktorlarning ta’siri natijasida taxlamli ishchi organlarning yassi elementlari to‘plamining zo‘riqish natijasida egilish holatini analitik usul ishlab chiqilgan;
arrali silindrning arra va qistirmalari taxlamini siqishda yangi qurilmani qo‘llash orqali siquvchi kuchini oshirilgan, natijasida tolani ajratish, tolaning sifatini yaxshilash isbotlangan hamda silindr taxlamining egilishga bikrlik qiymatining bosim kuchiga ta’sirining eksperimental bog‘liqliklari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tozalash korxonalaridagi jin mashinasining arrali silindrlarning takomillashtirilgan  konstruksiyasini ishlab chiqish parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta tozalash korxonalari uchun taklif qilingan arrali silindrning engillashtirilgan varianti «Namangan paxta teks» M.Ch.J. qoshidagi «Kosonsoy paxta tozalash» korxonasiga («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining №03/12-254 22.10.2021 yildagi ma’lumotnomasi) tadbiq qilingan;
yangi taklif etilgan, modernizatsiyalashgan arrali silindrda toladagi nuqsonli aralashmalar yig‘indisi miqdori o‘rtacha 0,4% ga kamayishiga, chigitlarning mexanik shikastlanishi 0,4% ga kamayishiga, chigitlarning tukliligi 0,3%ga kamayishiga hamda tola chiqishi 0.2% ga ko‘payishiga imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish