Ismoilov Shohimardon Muhammadjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning geometrik nochiziqli jarayonlarini matematik modellashtirish», 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4.PhD/T2085.
Ilmiy rahbar: Anarova Shsahzoda Amanbaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayziev Bekzodjon Murtazaevich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy sterjenlarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarida statik va dinamik kuchlar ta’sirida matematik modelni takomillashtirish, hisoblash algoritmlari hamda dasturiy majmuani tuzilmasi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
V.Q.Qobulovning aniqlashtirilgan va elastiklik nazariyalari hamda Ostrogradskiy-Gamil`ton variatsion tamoyili asosida haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning geometrik nochiziqli jarayonlarini matematik modeli takomillashtirilgan;
ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy sterjenlarning geometrik-mexanik parametrlarini raqamli binar tasvirlarni qayta ishlash usuli asosida sonli hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
fazoviy yuklanishlardagi ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy sterjenlarning geometrik nochiziqli masalalarida haroratni hisobga olgan holda sonli hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan;
fazoviy yuklanishlardagi ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy sterjenlarning geometrik nochiziqli masalalarini chekli ayirmalar va matrisali haydash usullarini birgalikda qo‘llagan holda chegaraviy masalalarni echishni dasturiy majmua tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy sterjenlarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarini tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy majmua asosida:
haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning statik, dinamik hamda geometrik nochiziqli masalalarini echishning chekli-ayirmali va matrisali haydash usullariga asoslangan hisoblash tajribalarini virtual bajarish uchun ishlab chiqilgan dasturiy majmua «SARDOR LOYIHA DIZAYN SERVIS» va «ZAMONAVIY LOYIHA XIZMATI» MChJlariga joriy etilgan (Aaxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 oktyabr` №33-8/7687 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi qurilish-montaj ishlarining loyihalash jarayonlarida vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligi 8-10% ga oshirishga hamda hisoblash aniqligining ortishi hisobiga material sarf-xarajatlarini 5-10% ga kamayishiga imkon bergan;
haroratni hisobga olgan holda fazoviy yuklanishlardagi sterjenlarning ko‘ndalang kesimi ixtiyoriy bo‘lgan geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonlarini aniqlashda chekli-ayirmali, matrisali haydash va raqamli binar tasvirlarni qayta ishlash usullari bilan birgalikda statik va dinamik masalalarini echish uchun hisoblash algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua «PROEKT-SERVIS» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 29 oktyabr` №33-8/7687 sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida loyihalash jarayonlari uchun vaqt sarfini kamayishi hisobiga ish unumdorligining 10-15% gacha oshirishga hamda hisoblash aniqligining ortishi hisobiga material sarf-xarajatlarni 1,2 marta kamayishiga imkon bergan.