Tureeva Kuralay Jumabaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Janubiy Orolbuyi suv ob’ektlarining antropogen degradatsiyalanish jarayonining qonuniyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B217.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovich, biologiya fanlari doktori; Atanazarov Kuralbay Maulenovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbuyi mintaqasida suv ob’ektlarining antropogen degradatsiyasi jarayonlarining qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv ob’ektlarining turi, genezisi, ko‘lami va joylashuvidan qat’i nazar, antropogen degradatsiya jarayoni tabiiy ekanligi aniqlangan;
ilk bor mahsuldorligi har xil bo‘lgan limnik ekotizimlarda suv sifatini shakllantirishning ekologik mexanizmlari aniqlangan;
suv ob’ektlaridagi biogen elementlarning miqdoriy taqsimlanishi, fosfor bosimi va uning oqimlarining asosiy xususiyatlari aniqlangan;
Orolbo‘yi mintaqasidagi suv resurslarini muhofaza qilishning amaliy ekologik muammolarini hal qilish uchun antropogen bosimni tartibga solish ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Janubiy Orolbo‘yi  suv ob’ektlarining antropogen degradatsiyasi jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv ob’ektlari antropogen degradatsiyasini tadqiq qilishning ilmiy asoslangan metodologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi qilish qo‘miytasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muxit muhofazasi qilish qo‘mitasining 2020 yil 19 martdagi02/18-671-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv ob’ektlarining ekologik holatini baholash va ular degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ekologik dasturlarni ishlab chiqish imkonini bergan; 
suv ob’ektlari antropogen degradatsiyasi jarayonlarining mezonlari to‘plami va shakllanish mexanizmlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining2020 yil 24 martdagi 01/07-3-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirishida suvresurslarini ekologik monitoringi, atrof-muhit muhofazasi, suv ekotizimlarini boshqarish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha dasturiy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish