Xasanjanova Farida Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yosh erkaklarda nostabil stenokardiya variantlari rivojlanishining klinik-genetik jihatlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Tib1511.
Ilmiy rahbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: yosh erkaklarda nostabil stenokardiya variantlari rivojlanishida genetik polimorfizm rolini aniqlash, sitokin statusini hisobga olgan xolda erta diagnostik mezonini ishlab chiqish va davolashning individual yondashuvini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yallig‘lanish interleykini (IL-1β) darajasining oshishi va yallig‘lanishga qarshi interleykin (IL-10) darajasining pasayishi o‘rtasida, shuningdek, umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteid (PZLP) va trigliserid (TG) ko‘rsatkichlarining progressiv o‘sishi o‘rtasida kuchsiz bog‘liqligi asoslanagan;
stenokardiyaning qo‘zish davri lipidlar profilining o‘zgarishi, yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar miqdorining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ldi, ularning rivojlanganlik darajasi ushbu ko‘rsatkichlarning buzilish darajasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk marotaba yosh erkaklada NS ning erta yomon sifatli oqibat bilan kechishi prediktori bo‘lib IL-1β 3953 S/T geni polimorfizmining gomozigotali T/T genotipi i geterozigotali S/T genotipi hamda IL-10 1082 G/A geni gomozigotali G/G genotipi va geterozigotali G/A genotipi ekanligi isbotlangan;
ilk marta yosh erkaklada NS ning individual davosida  IL-1β 3953 C/T geni va IL-10 1082 G/A genining etiopatogenetik roli  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Nostabil stenokardiya bilan kasallangan yosh erkaklarda lipidlar va sitokinlar balansining buzilishlarining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nostabil stenokardiyasi bo‘lgan yosh erkaklarda kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘luvchi xavf omillari, lipidlar almashinuvi buzilishlarini tashxislash va davolash bo‘yicha tadqiqotning natijalari asosida "Yosh erkaklarda yurak ishemik kasalligi kompleks tuzatish usullarini ishlab chiqish"(Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-m/646-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nostabil stenokardiyasi bor yosh erkaklarda lipidlar almashinuvi buzilishlarini erta tashxislash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
yosh erkaklarda nostabil stenokardiya rivojlanishida sitokinlar mutanosibligining buzilishini erta aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida "Sitokin nomutanosibligiga qarab yosh erkaklarda nostabil stenokardiya variantlarini davolashni optimallashtirish" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 iyuldagi 8n-m/645-son ma’lumotnomasi) nomli metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma nostabil stenokardiyani yosh erkaklarda rivojlanishida sitokinlar nomutanosibligini erta aniqlash va davolashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
yosh erkaklarda nostabil stenokardiya rivojlanishida lipidlar almashinuvining buzilishi va sitokinlar o‘rtasidagi nomutanosiblikni klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyatining Oqdaryo, Urgut va Payariq tumanlari tibbiyot birlashmalarida tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8-n-z/220 son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yosh erkaklarda nostabil stenokardiya rivojlanishini erta tashxislash, kasallik klinik kechishini prognozlash, asoratlarini oldini olishga imkonin bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish