Nadjimitdinov Saidolim Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Etil spirti va uning surrogatlaridan zaxarlanishlarni sud tibbiy baholash» 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib407.
Ilmiy rahbar: Xvan Oleg Innokentievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Baxriev Ibroxim Isomitdinovich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Ibragimova Mareta Muxarbekovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etil spirti va uning surrogatlari bilan o‘tkir zaharlanishni baholashning klinik-morfologik mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor etil spirti va uning surrogatlari ta’siriga to‘qimalar, a’zolar va tizimlar rezistentligining qiyosiy taxlili olib borilgan;
qondagi zaharning dastlabki darajasiga ko‘ra etil spirti va uning surrogatlari bilan zaharlanishning tegishli belgilarini aniqlash imkonini beruvchi klinik va morfologik parametrlarning konsentratsion chegaralari baholangan;
determinatsiya koeffisienti yordamida ushbu uslubiy yondashuv asosida kimyoviy jarohatlarning boshlang‘ich qiymatidagi va mastlik darajasini hisobga olgan holda zaharlarni chiqarish tezligi bo‘yicha farqlarning ishonchli darajasi isbotlangan;
etanol va uning surrogatlari bilan o‘tkir zaharlanishda informativ klinik va morfologik alomatlar asosida ekspert tashxislash mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Etil spirti va uning surrogatlaridan o‘tkir zaharlanishni baholashda morfologik mezonlarini ishlab chiqsh bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
etil spirti va uning surrogatlari toksikokinetikasini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Etanol va uning surrogatlari toksikokinetikasining asosiy parametrlarini aniqlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 iyuldagi 8n-r/188-son ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy jarohatlarning og‘irligini baholashning qo‘shimcha miqdoriy mezonini belgilash sifatini 19,5% ga oshirish imkonini bergan;
klinik alomatlar va morfologik o‘zgarishlarning konsentratsion boshlanish holatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Etil spirti va uning surrogatlari bilan o‘tkir zaharlanishda a’zo va tizim to‘qimalarining konsentratsion boshlanish holatini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 13 iyuldagi 8n-r/188-son ma’lumotnomasi). Natijada etanol bilan o‘limga olib keladigan o‘tkir zaharlanishda differensial diagnostika samaradorligini oshirish imkonini bergan.
etanol va uning surrogatlari toksikokinetikasi asosiy parametrlarini baholash usullarini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahar sud-tibbiyot ekspertiza byurosi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 apreldagi 8n-z/81-son ma’lumotnomasi). Natijada sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazishga sarf bo‘ladigan vaqtni ahamiyatli darajada 1,6 baravar qisqartirish va yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan klinik va differensial tashxisotning samaradorligini oshirishga imkon bergan.