Babanazarova Nargisa Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori kuchlanishli jihozlar rejimlarini nazorat qiluvchi tizimlar uchun masofaviy transformatorli tok o‘zgartirgichlari», 05.01.06 – «Hisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2194
Ilmiy rahbar: Amirov Sulton Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Plaxtiev Anatoliy Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA energetika muammolari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori kuchlanishli jihozlar rejimlarini nazorat tizimlari uchun sezgirligi va chiqish quvvati yuqori bo‘lgan masofaviy transformator tok o‘zgartirgichlarini ishlab chiqish, tadqiq qilish va amaliyotda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori kuchlanishli jihozlar rejimlarini nazorat tizimlari uchun yuqori sezgirlik va chiqish quvvatiga ega yangi masofaviy transformator tok o‘zgartirgichlari ishlab chiqilgan;
ko‘p o‘ramli o‘zak magnit zanjirlarini elektr va magnit parametrlarining taqsimlanishini hisobga olgan holda hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
yondosh fazalar toklarining magnit maydonlarining ta’siri va uch fazali liniya simlarining joylashishini hisobga olgan holda yuqori kuchlanishli uch fazali liniyadagi toklarni o‘lchash uchun o‘rnatilgan uchta masofaviy transformator tok o‘zgartirgichlari uchun umumlashgan matematik modellar ishlab chiqilgan;
masofaviy transformator tok o‘zgartirgichlarining statik, dinamik va metrologik xarakteristikalarini tadqiq etish jarayonini soddalashtirish imkoniyatini beruvchi parametrik strukturaviy sxemalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Masofaviy transformator tok o‘zgartirgichlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori kuchlanishli uch fazali liniya simlaridagi toklarni o‘lchash qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olindi (№IAP 06465; 2021y.). Natijada, yuqori sezgirlik va chiqish quvvatiga ega bo‘lgan yuqori kuchlanishli jihozlar simlaridagi toklarni o‘lchash qurilmasi yaratilgan;
ishlab chiqilgan va narxi amaldagi tok transformatoridan 2,85 barobar arzon bo‘lgan yangi masofaviy transformatorli tok o‘zgartirgich “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ “G‘arbiy” podstansiyasida toklarni o‘lchash ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2021 yil 2 noyabrdagi 03-13-5819 son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori kuchlanishli jihoz rejimlarini boshqarish tizimida o‘lchash ma’lumotlarini narxi arzon bo‘lgan o‘lcha qurilmasidan foydalanish imkoniyati yuzaga kelgan;
ko‘p o‘ramli va o‘zakli magnit zanjirlarning elektr va magnit parametrlarining taqsimlanishini hisobga olgan holda ularni hisoblash usuli, magnit ta’sirini hisobga olgan holda, uch fazali liniyadagi toklarni masofadan turib o‘lchash uchun o‘rnatilgan ko‘p o‘ramli va o‘zakli masofaviy transformatorli tok o‘zgartirgichning umumlashtirilgan modellari “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ “G‘arbiy” podstansiyasida boshqa ikkita qo‘shni fazalar toklari magnit maydonlari ta’siri va uch fazali liniyaning TFC joylashuvini hisobga olgan holda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligining 2021 yil 2 noyabrdagi 03-13-5819 son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan masofaviy transformatorli tok o‘zgartirgichdan foydalanish yuqori kuchlanishli jihoz rejimlarini nazorat tizimi uchun tok haqida olinayotgan o‘lchash ma’lumoti narxini 2,85 marotabaga kamaytirish imkonini bergan.