Xaminov Burxon Turgunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ishqalanishga qarshi, tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida paxta tozalash mashinalari ishchi organlari uchun qoplamalar olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2348.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Xalimjonov Taxir Salimjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; O‘lmasov To‘lqin Usmonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antifriksion, tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallar va ulardan paxta tozalash mashinalari ishchi organlari uchun qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan organomineral to‘ldiruvchilar va polimer bog‘lovchilarning tuzilishi, turi, miqdori va nisbatlariga bog‘liq holda ishlab chiqilgan antifriksion tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallarning asosiy antifriksion tribotexnik, dempfirlovchi, egiluvchan va fizik-mexanik xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
paxtani qayta ishlash sanoati mashinalari va mexanizmlarining samaradorligini va ishlash qobiliyatini oshiruvchi, antifriksion tebranish va tovushni yutuvchi kompozision termoreaktiv epoksid materiallarning samarali tarkibi va ular asosida qoplamalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
bir vaqtning o‘zida organik va mineral dispers to‘ldiruvchilarni ma’lum bir nisbatda kiritish orqali yuqori antifriksion-eyilishbardosh, egiluvchan va boshqa fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan, mashinalarning samaradorligini va ishlash qobiliyatini oshiruvchi va ishlab chiqarish binolaridagi shovqin darajasini pasaytiruvchi, antifriksion tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallar va qoplamalarning samarali tarkiblari ishlab chiqilgan;
antifriksion tebranishni va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar yordamida mashina va mexanizmlar ishchi organlarining tebranish darajasi sezilarli darajada kamayishi hamda poxta tozalash korxonasi ishlab chiqarish binosining shovqini 8-14 dB gacha kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishqalanishga qarshi, tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida paxta tozalash mashinalari ishchi organlari uchun qoplamalar olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
antifriksion-tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallar va ular asosida qoplamalarning yangi tarkibi Piskent paxta tozalash zavodining paxta tozalash qurilmalari ishchi qismlarida joriy etilgan (“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 4 noyabrdagi 02-11/482-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash korxonasi ishchi binolaridagi shovqin darajasini 10-14 dB ga kamaytirish imkonini bergan;
yaratilgan texnologiya bo‘yicha paxta tozalash qurilmalari uchun olingan antifriksion – tebranish va tovushni yutuvchi kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodining paxta tozalash qurilmalari ishchi qismlari va korpus konstruksiyalarida qo‘llanilgan (“Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 4 noyabrdagi 02-11/482-sonli ma’lumotnomasi). Natijada chigitlarning zararlanishini 0,18% dan - 0,36% ga kamaytirishga, samaradorlikni 8% dan - 14% ga oshirish imkonini bergan.