Ulmasov Tulkun Usmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polimerlar va organomineral to‘ldiruvchilarini aralashtirish hamda mashinasozlik uchun ko‘p funksiyali kompozision materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslari», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T461.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Risqulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimerlar va organomineral to‘ldiruvchilarini aralashtirish hamda mashinasozlik uchun ko‘p funksiyali kompozision materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sochiluvchan organomineral ingredientlar, qovushqoq-oquvchan va kukunsimon polimerlarning aralashtirish jarayoni uchun uzluksiz harakatlanadigan aralashtirish qurilmasi kinematik sxemasining optimal varianti ishlab chiqilgan va asoslangan;
nazariy tadqiqotlar natijalariga va kinematik sxemaning aniqlangan optimal variantiga asoslanib, yangi texnologiya ishlab chiqilgan hamda kukun, yopishqoq organomineral to‘ldiruvchi moddalari va oquvchan polimerlar asosida, bir hil kompozisiyalarni olish imkonini beradigan, kukunli polimer va sochiluvchan organomineral ingredientlarni qaytaruvchi aralashtirish uchun original qurilma yaratilgan;
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha va shunga mos ravishda teskari uzluksiz ishlovchi yaratilgan qurilmani o‘rnatish orqali kukun, yopishqoq oquvchan polimer materiallar va sochiluvchan organomineral to‘ldiruvchi moddalarini aralashtirish orqali kompozision polimer materiallarning fizik-mexanik, tebranish-tovushni yutuvchi, antifrision-eyilishga chidamlilik xususiyatlarini oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslangan 
ishlab chiqilgan texnologiya bo‘yicha va yaratilgan teskari aralashtirish qurilmasida polimerlar va organomineral to‘ldiruvchi moddalari aralashmasidan olingan kompozision materiallarning fizik-mexanik, tribotexnik, vibratsiya-tovushni yutuvchi va antifriksion xususiyatlari 1,5-1,8 barobar oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Polimerlar va organomineral to‘ldiruvchilarini aralashtirish hamda mashinasozlik uchun ko‘p funksiyali kompozision materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqishning nazariy va amaliy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ishlab chiqilgan antifriksion va antifriksion-eyilishbardosh kompozision materiallar va ular asosidagi qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida tozalovchi va ventillyatorlarning ishchi organlarida, jin va linter korpuslari sirt yuzasida qoplama sifatida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2021 yil 4 noyabrdagi 02-11/483-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish binolarida shovqin darajasini 7-24 dB ga pasaytirish, paxta mashinalari va mexanizmlarining ish unumdorligi 7-14% ga oshdi, harajatlar va quvvat sarfi 7-12%ga, urug‘larning maydalanishi 0,18-0,36% ga, paxta tolasining shikastlanishi 0,5-0,7%ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ko‘p funksionalli kompozision qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida chang yutuvchi garnituralar va tishli tozalagichlarda paxta tolasini chiqindilardan tozalash jin va linter korpuslari sirt yuzasida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2021 yil 4 noyabrdagi 02-11/483-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalash jarayonida paxta tolasini mexanik shikastlanish va chang yutuvchi garnituralarning xizmat qilish muddatini oshirish orqali chang miqdorini 50% ga kamaytirish imkonini bergan;
ko‘p funksionalli kompozision polimer materiallar va ular asosidagi detallar Piskent paxta tozalash zavodida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2021 yil 4 noyabrdagi 02-11/483-son ma’lumotnomasi). Natijada, Piskent paxta tozalash zavodining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish