Yo‘ldoshov Sherzod Abdullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quyi qovushqoqli karboksimetilsellyuloza sintezi: tarkibi, tuzilishi va xossalari», 02.00.05 – Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (kimyo fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/K109.
Ilmiy maslahatchi: Sarimsoqov Abdushkur Abduhalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Normaxamatov Nodirali Saxobatalievich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Biorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: quyi qovushqoqli texnik va tozalangan KMS sintez qilish qonuniyatlarini tadqiq etish, ularning tarkibi, tuzilishi, xosslari va karboksimetillash jarayonlarining kinetikasini o‘rganish hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun quyi qovushqoqli, suvda eruvchan, yuqori tozalikdagi polisaxaridlar hosilalarini sintez qilishning ilmiy asoslari takomillashtirildi;
kam miqdordagi alkillovchi agent sarflangan holda quyi (AD-0,38-0,42) va yuqori (AD-1,37) almashinish darajali suvda to‘liq eruvchan KMS namunalari olingan va import hisobiga keltiriladigan reagent – monoxlor sirka kislotasi sarfi 30-55% gacha pasaytirish imkonini vujudga keltirgan;
qattiq fazada va etil spirti muhitida PS, KS va MKS karboksimetillash reaksiyasi va reaksiya kinetikasi taqqoslab tadqiq etilgan. Olingan natijalar asosida PS, KS va MKSni karboksimetillash reaksiyasi tezligi, faollanish energiyasi va issiqlik effektlari qiymatlari aniqlangan;
organik va anorganik qo‘shimcha tuzlardan tozalash sharoitini texnik KMS tarkibiga ta’siri tadqiq etilgan. Texnik KMS namunalarini tozalash jarayonida 0,3-0,6 % sirka kislotasini qo‘llash orqali yuqori miqdordagi asosiy modda tutgan KMS olishga olib kelgan va tarkibidagi ortiqcha ishqorni neytralash va muhitning rN ko‘rsatkichini pasaytirish hisobiga etil spirti sarfini 40-50 % gacha paystirishga erishish imkoniyati ko‘rsatilgan;
texnik KMS asosida uni suvda erimaydigan kislotali N-KMS shakliga o‘tkazish, tarkibidagi qo‘shimchalardan suvda yuvish va ishqorning spirtdagi eritmasi ishtirokida suvda eruvchan Na-KMS shakliga o‘tkazish orqali tarkibida yuqori darajada asosiy modda tutgan quyi qovushqoqli KMS olishning yangi usuli yaratilgan. N-KMSni quritish jarayonida karboksil va gidroksil guruhlar orasida barqaror kovalent bog‘lar hisobiga tikilgan struktura hosil bo‘lishi karboksil guruhlar miqdorini va termik tahllillar orqali aniqlangan;
quyi qovushqoqli KMS eruvchanlik va reologik xossalariga sintez sharoiti va karboksimetil o‘rinbosarlar joylashishining ta’siri o‘rganildi. Gidroksil guruhlarining reaksion faolligi va reaksiya sharoitlariga bog‘liq ravishda, bir xil PD va AD qiymatlarida ham ularning eruvchanligi, reologik xossalari va boshqa ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qilishi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quyi qovushqoqli texnik va tozalangan KMS sintez qilish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
ixtiro uchun patent olingan IAP 06198 «Tozalangan natriy karboksimetilsellyuloza olish usuli», 30.04.2020 y, Byull. №4 (228). Natijada oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sanoatlar uchun yuqori darajada tozalangan, quyi qovushqoqli KMS olish imkonini bergan;
ixtiro uchun patent olingan IAP 04429 «Natriy karboksimetilsellyuloza olish usuli» 31.10.2011 y, Byull. №10. Natijada qattiq fazada yuqori sifatli KMS olish imkonini bergan;
ixtiro uchun patent olingan IAP 05084 «Qiyin yonuvchan yog‘och qipiqli plitalarini ishlab chiqarish uchun press-kompozisiya», 30.09.2015 y, Byull. №9. Natijada quyi qovushqoqli KMS markalarini qiyin yonuvchan yog‘och qipiqli kompozisiya tarkibiga kirgizish orqali fizik-mexanik ko‘rsatkichlari standart talablariga javob beradigan yog‘och-qipiqli plitalar olish imkonini bergan; 
Ts 19515439-06:2019 ««ASDAFOOD» tozalangan karboksimetilsellyuloza natriy tuzi» tashkilotning standarti ishlab chiqilgan. Natijada mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini baholash va ularni nazorat qilish imkonini bergan;
««ASDAFOOD» tozalangan karboksimetilsellyuloza ishlab chiqarish uchun tajriba-sanoat texnologik reglamenti ishlab chiqilgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash imkonini bergan;
tozalangan Na-karboksimetilsellyuloza ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy asosnomasi ishlab chiqilgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarishda xomashyo, kimyoviy regentlar, energiya va materiallar sarfi hamda boshqa iqtisodiy harajatlarni aniqlash imkonini bergan;
tozalangan KMS ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi «PROMXIM IMPEX» MChJ («PROMXIM IMPEX» MChJning 2021 yil 02 iyundagi 02/06-sonli xati) bazasida joriy qilingan. Natijada joriy etilgan texnologiya oziq-ovqat, farmatsevtika va tibbiyot sanoati uchun import o‘rnini bosuvchi, yuqori darajada tozalangan KMS ning markalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish