Rahimqulova Lola Ulug‘murodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yakka mehnat nizolarini ko‘rib hal qilish tartibi», 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu485.
Ilmiy rahbar:Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Aminjonova Matluba Axmedovna,yuridik fanlar doktori, dotsent, Sattarova Gulnoza Djurakulovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yakka mehnat nizolarini ko‘rib hal etish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakka mehnat nizolari – ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat qonunchiligi, mehnat to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasi shartlarini qo‘llash yuzasidan, shuningdek xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar ekanligi asoslab berilgan;
yakka mehnat nizolarining taraflari ish beruvchi va xodim, ilgari ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxs, shuningdek ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini tuzish rad etilgan shaxs hisoblanishi asoslantirilgan;
yakka mehnat nizolarining barcha turlari mehnat nizolari komissiyasida yoki sudda ular tomonidan qaror qabul qilishga kirishdan oldin istalgan bosqichda O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish uchun mediatorga o‘tkazilishi mumkinligi asoslantirilgan;
yakka mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasiga, sudga yoki boshqa vakolatli organlarga mehnat huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab (ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha mehnat shartnomasining bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab) uch oy ichida murojaat qilishi mumkinligi hamda xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash va ma’naviy ziyonni undirish uchun muddat belgilanmasligiga oid qoidalar ishlab chiqilgan;
xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan, shuningdek o‘zini mehnat qilish va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning yakka mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rilishi lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yakka mehnat nizolarini ko‘rib hal qilish tartibibo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
yakka mehnat nizolari – ish beruvchi va xodim o‘rtasida mehnat qonunchiligi, mehnat to‘g‘risidagi boshqa hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasi shartlarini qo‘llash yuzasidan, shuningdek xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 542-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 maydagi 06/1-05/65-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash va mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilarni yakka mehnat nizolari tushunchasi mazmuniga kiritishga imkon bergan;
yakka mehnat nizolarining taraflari ish beruvchi va xodim, ilgari ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxs, shuningdek ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini tuzish rad etilgan shaxs hisoblanishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 544-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 maydagi 06/1-05/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yakka mehnat nizosi taraflarining doirasini aniqlash uchun xizmat qilgan;
yakka mehnat nizolarining barcha turlari mehnat nizolari komissiyasida yoki sudda ular tomonidan qaror qabul qilishga kirishdan oldin istalgan bosqichda O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish uchun mediatorga o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 545-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 maydagi 06/1-05/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yakka mehnat nizolarini muqobillik asosida mediatorlar tomonidan ko‘rib chiqishga xizmat qilgan;
yakka mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasiga, sudga yoki boshqa vakolatli organlarga mehnat huquqlari buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab (ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha mehnat shartnomasining bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab) uch oy ichida murojaat qilishi mumkinligi hamda xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash va ma’naviy ziyonni undirish uchun muddat belgilanmasligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 560-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 maydagi 06/1-05/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif yakka mehnat nizolari bo‘yicha da’vo muddatlarini birxillashtirish va uzaytirishga xizmat qilgan;
xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan, shuningdek o‘zini mehnat qilish va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning yakka mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rilishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 558-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 maydagi 06/1-05/65-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif orqali bevosita sudda ko‘riladigan yakka mehnat nizolarining doirasi kengaytirilgan.