Amonova Feruza Sa’dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro amirligida sanoat korxonalarining tutgan o‘rni (XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar527.
Ilmiy rahbar: O‘ljaeva Shoxista Mamajonovna, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Musaev Nuriddin Umrzoqovich, tarix fanlari doktori, professor; Qobulov Eshbolta Otamurodovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoro amirligi iqtisodiyotida sanoat korxonalarining tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amirligi iqtisodiyotida hunarmandchilik sohasida qo‘l mehnatidan mexanizatsiyalashuv jarayoniga o‘tilishi, tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lgan bank, birja, mahalliy savdo uylari va shirkatlar hamda sarmoyadorlar miqdorining ortib borishi Buxoro amirligida tadbirkorlar safining kengayishiga xizmat qilganligi dalillangan;
amirlikda sanoat ishlab chiqarishi, xususiy tadbirkorlar va mahalliy sarmoyadorlarni davlat banklari orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmining joriy etilishi natijasida paxtani qayta tozalash, jun va charm mahsulotlariga ishlov berish, yog‘-moy, spirtli ichimliklar va limonad ishlab chiqarish, ildizni presslash zavodlari, tamaki ishlab chiqarish fabrikalarining tashkil topishiga zamin yaratganligi asoslangan;
ishlab chiqarishda mahalliy tadbirkorlar ulushining ko‘payishi Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi o‘rtasida imzolangan iqtisodiy shartnomalar, bitim va nizomlarning qabul qilinishi, xom ashyo korxonalaridagi ishchilarning salomatligi va xavfsizligiga oid qoidalarning joriy qilinishi zavodlarga yangi texnologiyalarning jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi dalillangan;
Kaspiyorti temir yo‘lining amirlik hududidan o‘tishi, temir yo‘l maktab-internatlarining tashkil qilinishi, temir yo‘l atroflari va stansiyalari yonida paydo bo‘lgan manzilgohlarga rus, armani, yahudiy, tatar, forslarning ko‘chirib keltirilishi pirovardida Buxoro ichki bozoriga sifati past bo‘lgan hamda narxi arzon va ixcham rus mollari ko‘plab kirib kelib, mahalliy hunarmandchilikning ayrim sohalari tanazzulga yuz tutishiga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi tarixi oid ilmiy xulosa va takliflardan:
Buxoro amirligi iqtisodiyotida hunarmandchilik sohasida qo‘l mehnatidan mexanizatsiyalashuv jarayoniga o‘tilishi, tadbirkorlik sub’ektlari bo‘lgan bank, birja, mahalliy savdo uylari va shirkatlar hamda sarmoyadorlar miqdorining ortib borishi Buxoro amirligida tadbirkorlar safini kengaytirishga xizmat qilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining 2021 yil 14 iyuldagi 151-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi Turkiston va Buxoro amirligida sanoat korxonalarini tashkil topishida ma’rifatparvarlarning g‘oyalari ilmiy asosda yoritish imkonini bergan;
amirlikda sanoat ishlab chiqarishi, xususiy tadbirkorlar va mahalliy sarmoyadorlarni davlat banklari orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmining joriy etilishi natijasida paxtani qayta tozalash, jun va charm mahsulotlariga ishlov berish, yog‘-moy, spirtli ichimliklar va limonad ishlab chiqarish, ildizni presslash zavodlari, tamaki ishlab chiqarish fabrikalarining tashkil topishiga zamin yaratganligiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 apreldagi 01/07-439-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy materiallar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
ishlab chiqarishda mahalliy tadbirkorlar ulushini ko‘payishi Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi o‘rtasi imzolangan iqtisodiy shartnomalar, bitim va nizom qoidalarining qabul qilinishi, xom ashyo korxonalaridagi ishchilarning salomatligi va xavfsizligiga oid qoidalarni joriy qilinishi, zavodlarga yangi texnologiyalar jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligiga oid naijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2021 yil 17 martda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 23 martdagi 02-40-423-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sanoat korxonalarining tashkil qilinishi, zamonaviy zavod va fabrikalarning qurilishi hamda paxtachilik sohasini rivojlantirishga oid ma’lumot asosida teletomoshabinlar tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.