Agzamova Sayyora Saidaminovnananing
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yonoq-orbita sohasining xamkorlikdagi jaroxatlarini tashxislash, davolash va asoratlarini oldini olishga tizimli yondashuv” 14.00.33 - Jamiyat salomatligi.Sog‘liqni saqlashda menedjment, 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Tib466.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Krasil`nikova Viktoriya Leonidovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya); Bilalov Erkin Nozimovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “S.D. Asfandiyarov” nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hamkorlikdagi yonoq-orbital jaroxatlarida tashxisot, davolash taktikasi va asoratlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida (viloyatlar kesimida) ilk bor, 2010-2019 yillar davomida, ko‘ruv a’zosi yopiq jaroxatlari bilan kasallanish, uning oqibatidagi nogironlikning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlangan va ko‘ruv a’zosi yopiq jaroxatlarini erta aniqlash, oldini olishda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni takomillashtirish muhim omil ekanligi isbotlangan;
ilk bor yuzning o‘rta sohasi shikastlanishlari tarkibida yonoq-orbital jaroxatlarning paydo bo‘lish chastotasi, oftalmologik belgilari, shuningdek, asoratlari aniqlangan va TONni oldini olishni takomillashtirish zarurati isbotlangan;
jaroxatning dastlabki davrida TONni oldini olish va davolashni korreksiya qilish uchun ultratovushli oftalmodopplerografiya diagnostikasi zarurligi isbotlangan;
TONni oldini olishda Liofizilat va Gingo biloba preparatlarini qo‘llash samaradorligi ilmiy isbotlangan; 
hamkorlikdagi yonoq-orbital jaroxatlari bo‘lgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish uchun tavsiya etilgan algoritmning samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yonoq-orbita sohasining xamkorlikdagi jaroxatlarini tashxislash, davolash va asoratlarini oldini olishga tizimli yondashuv o‘tkazilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
yonoq-orbital kompleksi jaroxatlarining oftalmologik asoratlarini profilaktikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yonoq-orbital kompleksi jaroxatlarining oftalmologik asoratlarini profilaktikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabridagi 8n-r/557-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma profilaktika prinsiplariga rioya qilgan holda, jaroxat olgan bemorlarda TONni yuzaga kelish xavfi yuqori bo‘lgan shahslarda kasallikni oldini olishni bartaraf etish va TONni dastlabki bosqichida jadallashishini oldini olish imkonini bergan; 
duplerli tekshirish usuli bilan yonoq-orbital kompleks jarohatlari diagnostikasibo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Duplerli tekshirish usuli bilan yonoq-orbital kompleks jarohatlari diagnostikasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 dekabridagi 8n-r/558-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning tibbiy amaliyotga joriy etilishi yonoq-orbital kompleksi sinishlarida, shikastlanishdan keyingi dastlabki va kechki davrlarida to‘r parda va ko‘ruv nervining mintaqaviy gemodinamikasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish, shuningdek, holatni baholash imkonini bergan;
Yonoq-orbita sohasining xamkorlikdagi jaroxatlarida oftalmologik asoratlarini oldini olishda dori vositalarini qo‘llash usuli va tashhisotni instrumental-diagnostika yordamida takomillashtirilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘likni saqlash amaliyotiga, hususan, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1- klinikasi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 dekabridagi 8n-r/247son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni tibbiyot amaliyotiga joriy etilishi yonoq-orbital kompleksi jaroxatlarida tibbiy yordamni tashkil etishda samaradorlikka erishishga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish