Normurodov Akbar Doniyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq optik aloqa tarmoqlari loyihaviy ishonchliligini ta’minlash usullari”, 05.04.01 – “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2219.
Ilmiy rahbar: Berganov Iskandar Raxmanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar:texnika fanlari doktori, dotsent, Davronbekov Dilmurod Abdujamilovich; texnika fanlari doktori, professor Gulyamov Shuxrat Mannopovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq optik tolali telekommunikatsiya tarmoqlari loyihaviy ishonchliligini ta’minlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash orqali telekommunikatsiya tarmog‘ining ishga yaroqliligini baholashning statistik modeli ishlab chiqilgan;
qishloq optik aloqa tarmoqlari samaradorligini oshirishda PON-texnologiyali istiqbolli topologiya ishlab chiqilgan va tuzilish sxemasi rivojlantirilgan;
ekspluatatsiya jarayonida qishloq optik aloqa tarmoqlarining loyihaviy ishonchliligini ta’minlovchi analitik ifodalar va kabellarni profilaktikadan o‘tkazish vaqti hamda davomiyligini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
PON-texnologiyali qishloq optik aloqa tarmoq abonent qurilmalarini barqaror ishlashini ta’minlovchi gibrid energiya ta’minot manbaining tuzilish sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq optik aloqa tarmoqlari loyihaviy ishonchliligini ta’minlash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash orqali telekommunikatsiya tarmog‘ining ishga yaroqliligini baholashning statistik modeli hamda optik aloqa tarmoqlaridan foydalanishni ta’minlovchi istiqbolli texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi korxonalarda xususan, “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
2021 yil 09 fevraldagi 33-8/930-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida telekommunikatsiya tarmog‘i samaradorligini texnik hizmat ko‘rsatish vaqti va davomiyligini qisqartirish orqali 0,3 % gacha oshirishga erishilgan;
qishloq optik aloqa tarmoqlari samaradorligini oshirishda PON-texnologiyali istiqbolli topologiyasi hamda PON-texnologiyali qishloq optik aloqa tarmoq abonent qurilmalarini barqaror ishlashini ta’minlovchi gibrid energiya ta’minot manbaining tuzilish sxemasi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi korxonalarda xususan, “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 09 fevraldagi 33-8/930-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida abonent qurilmalarini elektr ta’minoti bilan (avtonom) ta’minlash orqali abonent qurilmalarini 100 % elektr energiya bilan ta’minlashga hamda 100 km optik kabellarni iqtisod qilishga erishilgan;
ekspluatatsiya jarayonida qishloq optik aloqa tarmoqlarining loyihaviy ishonchliligini ta’minlovchi analitik ifodalar va kabellarni profilaktikadan o‘tkazish vaqti hamda davomiyligini aniqlash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi korxonalarda xususan, “O‘zbektelekom” AK Toshkent filialiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
2021 yil 09 fevraldagi 33-8/930-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida optik aloqa tarmoqlariga profilaktik xizmat ko‘rsatishning davomiyligini (hajmini) aniqlash, ehtiyot qismlar to‘plamini to‘g‘ri shakllantiish hamda optik aloqa tarmoqlarining loyihaviy ishonchliligini ekspluatatsiya jarayonlarini 0,9999 ga etkazishga xizmat qilgan.