Valieva Zulfiya Faxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jun tolalarini sifat xossalarini aniqlash usulini takomillashtirish” mavzusidagi 05.06.01-“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2021.2.PhD/T2303
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Axmedov Akmal, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar:Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Xusan Toxirovich, texnika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jun tolasining o‘rtacha diametrini (ingichkaligini) aniqlash uslubini takomillashtirish orqali uning sifat xossalarini aniq va ishonchli o‘lchalishini, xom ashyoni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tasniflashni ta’minlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jun tolasi namunalarining diametri, namligi, massasiningo‘zgarishi hisobiga tovush tebranishlarini o‘tishiga bog‘liqligi aniqlangan va akustik qurilmaning ishchi kamerasining diametri, balandligi hamda namunalar namligi va og‘irligibo‘yicha ratsional parametrlari ishlab chiqilgan;
namunaning g‘ovakligi va tolaning uzunligini inobatga olgan holda akustik qurilmada tovush tebranishlarini so‘nib borish koeffisientining jun tolasi diametri bilan funksional bog‘liqligi aniqlangan;
PAM-1 asbobiningishchi kamerasi balandligi, diametri, namuna massasi va namligini o‘zgartirish hisobiga jun tolasining diametrini aniqlash usuli takomillashtirilgan va metrologik xususiyatlari aniqlangan; 
akustik qurilmasining chiqish signali qiymatlarini junning o‘rtacha diametrini ifodalovchi mikrometr birlikka aylantirishning hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Olingan ilmiy natijalar asosida jun tolasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jun tolasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning takomillashti-rilgan uslubi  «Qorako‘lchilik» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Tinchlik» MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qorako‘lchilik birlashmasining 41/01-459-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jun tolasining o‘rtacha diametri aniq va ishonchli baholash ta’minlandi va bir soatda sinov o‘tkazish uchun harajatlar 15,8% ga kamayish imkoniyati yaratilgan;
jun tolasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashning takomillashtirilgan PAM-1 akustik qurilmasi «Sochavskiy processing» mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qorako‘lchilik birlashmasining 41/01-459-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jun tolasini sifat xossalarini aniqlashga sarflangan vaqt 25 martaga kamayish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish