Kudiratov Sunnatillo Norboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Og‘ir juft-juft yadrolardagi yrast- va non-yrast-polosalarning o‘zgaruvchan juftlikdagi uyg‘ongan kollektiv holatlari va “staggering” effektlar», 01.04.08 – Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, Tezlashtiruvchi texnika. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/FM576
Ilmiy rahbar: Nadirbekov Maxmudjon Sulaymanovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Tursunov Ergash Maxkamovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Olimov Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi og‘ir juft-juft yadrolarning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan juftlikdagi uyg‘ongan kollektiv holatlarining spektroskopik xarakteristikalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
juft-juft og‘ir yadrolarning o‘zgaruvchan juftlikdagi kollektiv uyg‘ongan holatlari spektrini tavsiflash uchun aylanma momentning har bir qiymatida markazdan qochma potensial energiyaning muvozanat vaziyatini o‘zgarishini hisobga oluvchi model kollektiv gamil`tonianning yangi parametrlash usuli taklif etilgan;
yrast- va birinchi non-yrast-polosalar orasidagi/ichidagi E1- va E2-o‘tish-larning keltirilgan ehtimolliklarini hisoblash ifodalari olingan va bu o‘tishlarning keltirilgan ehtimolliklari kvadrupol-oktupol tipidagi sirt tebranishlarining dinamikasiga sezgirligi ko‘rsatilgan;
aksial`-simmetrik juft-juft yadrolarning o‘zgaruvchan juftlikdagi yrast-polosasidagi ∆I=1 ”staggering”-effektning zig-zag ko‘rinishi aniqlangan, u energetik sath juftligining o‘zgarishi va yadro aylanma xarakatining uning sirt tebranishlari orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvi tufayli yuzaga kelishi ko‘rsatilgan;
γ-polosa energetik sathlaridagi ∆I=1 ”staggering”  effektning ko‘rinishi SU(3) dinamik simmetriya doirasida asosiy va γ-polosalarning o‘zaro kuchli bog‘lanishi tufayli yuz berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Og‘ir juft-juft yadrolarning  o‘xshash va o‘zgaruvchan turdagi uyg‘ongan kollektiv spektrining spektroskopik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
markazdan qochma potensial energiyaning aylanma momentning xar bir qiymati uchun o‘zgarishi hisobga olingan kollektiv model gamil`tonianning taklif etilgan yangi parametrlash usuli FA-F2-F112 “Yadroviy materiyaning yuqori va quyi energiyalardagi xususiyatlari va xolatlarini eksperimenital tadqiq etish” (2012-2016) (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 30 sentyabrdagi №2/1255-2686 - son ma’lumotnomasi) va  OT-F2-75- “O‘ta og‘ir, transuran va noyob sohalardagi deformatsiyalangan yadrolarning aylanma sathlari xususiyatlarini tadqiq etish” 2017/2020 (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2021 yil 16 sentyabrdagi 3469-024-son ma’lumotnomasi) fundamental loyixalar doirasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bo‘linish reaksiyasidagi og‘ir fragmentlarning asosiy va uyg‘ongan holatlarini, hamda undagi engil va og‘ir fragmentlarning deformatsiya parametralarini va 150Nd, 154Sm, 154,160Gd, 162,164Er, 228,232Th, 230,236,238U va 240Pu yadrolarning uyg‘ongan kollektiv holatlari muvozanat vaziyatining o‘zgarishini hisobga olishni, shuningdek og‘ir yadrolarning turli polosalardagi spektrini aniqlashga imkon bergan; 
yrast- va birinchi non-yrast-polosalar orasidagi/ichidagi E1- va E2-o‘tish-larning keltirilgan ehtimolliklari OT-F2-75- “O‘ta og‘ir, transuran va noyob sohalardagi deformatsiyalangan yadrolarning aylanma sathlari xususiyatlarini tadqiq etish” 2017/2020 (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2021 yil 16 sentyabrdagi 3469-024-son ma’lumotnomasi) fundamental loyixa doirasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi og‘ir yadrolarning kollektiv uyg‘ongan holatlari spektrining yadro sirtining kvadrupol-oktupol turdagi tebranishlarga sezgirligini aniqlashga imkon bergan; 
og‘ir juft-juft aksial yadrolarning o‘zgaruvchan juftlikdagi yrast -polosasi va noaksial yadrolarning musbat juftlikdagi  γ-polosasi energetik spektridagi ΔI=1 “staggering”-effektning ko‘rinishi OT-F2-75- “O‘ta og‘ir, transuran va noyob sohalardagi deformatsiyalangan yadrolarning aylanma sathlari xususiyatlarini tadqiq etish” 2017/2020 (Namangan muhandislik texnologiya institutining 2021 yil 16 sentyabrdagi 3469-024-son ma’lumotnomasi) fundamental loyixa doirasida foydalanilgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi og‘ir yadrolarning kollektiv uyg‘ongan holatlari spektrining nozik strukturasini aniqlashga imkon bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish