Mirzaxmedova Dilfuza Marufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi va uning oqibatlari rivojlanishining klinik-biokimyoviy jihatlari», 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1087.
Ilmiy rahbarlar: Salixova Kamola Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamova Shoira Abdusalomovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dil`muradova Klara Ravshanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi va uning asorati bronx-o‘pka displaziyasi rivojlanishining ba’zi klinik-biokimyoviy jihatlarini o‘rganish va prognostik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi va uning asorati bronx-o‘pka displaziyasi rivojlanishida muhim perinatal hamda diagnostik va ba’zi patogenetik ustivor omillar ahamiyati  isbotlangan;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator-distress sindrom va uning oqibati BO‘D rivojlanishida yallig‘lanish sitokinlari miqdorining oshishi va qon-tomirlar endoteliysi o‘sish (VEGF) omillarini kamayishi asoslangan;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator-distress sindrom oqibati BO‘D rivojlanishida pnevmoproteinlar pasayishining diagnostik ahamiyati isbotlangan; 
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator-distress sindromi va uning oqibati BO‘Dni rivojlanishini erta aniqlash va bashoratlash bo‘yicha klinik -biokimiyoviy mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromi va uning oqibatlari rivojlanishining klinik-biokimyoviy jihatlarini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda nafas buzilishi sindromining klinik belgilariga qarab baholash va  samarali tashhislash bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Chaqaloqlik davrida respirator-distress sindromni o‘tkazgan kichik yoshli bolalarda bronx-o‘pka displaziyasini bashorat qilish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 dekabrdagi 8nr/383-son ma’lumotnomasi).  Mazkur uslubiy  tavsiyanoma tug‘uruqqa yordam beruvchi muassasalarga tadbiq qilinishi natijasida BO‘Dning belgilarini erta aniqlash va bashoratlash imkonini bergan; 
chaqaloqlarda nafas etishmovchiliklari respirator distress-sindrom va uning oqibatlarini davolash orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida «Respirator distress-sindromili kam vaznli chaqaloqlarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish tamoyillari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 dekabrdagi 8nr/563-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tadbiq qilinishi natijasida muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik holatini yaxshilanishiga, BO‘Dli bolalarga samarali shoshilinch yordam ko‘rsatish imkonini bergan;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda RDS va uning oqibatlarini bashorat qilish, tashxislash va davolash usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar amaliyotga, jumladan, RIPIATM, Respublika Perinatal Markazi, Namangan va Xorazm Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida tadbiq qilingan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 4 martdagi 8nr/88-son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan usullarni tadbiq qilish natijasida ijobiy natijalarga erishilgan: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarni statsionarda davolanishini 3 o‘rin-kunga qamaytirish, neonatal o‘limni 1,3 baravarga kamaytirish va erta neonatal davrda RDS o‘tkazgan bir yoshgacha bolalar orasida 1,9 barobar nogironlikni kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish