Absalamova Nigora Faxriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizimli qizil yugirik bilan bemorlarda parodontning yallig‘lanish kasalligini davo-tashxisot yondashuvini optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1096.
Ilmiy rahbar: Zoyirov Tulqin Elnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand  davlat tibbiyot tibbiyot   instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020 Tib102.02.
Rasmiy opponentlar: Bekjanova Ol`ga Esenovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Privoljsk tibbiyot ilmiy tekshirish universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tizimli qizil yugurik kasalligida surunkali tarqalgan paradontitni kompleks davolash tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tizimli qizil yugurik bilan kasallangan bemorlarda o‘rta og‘irlikda kechuvchi surunkali tarqalgan paradontitning klinik – laborator tasnifi, morfologik belgilari, distrofik, sklerotik va atrofik xarakterdagi epitelial buzilishlar, giperkeratoz va parakeratoz bilan bog‘liqligi asoslangan;
o‘rta og‘irlikda kechuvchi surunkali tarqalgan paradont to‘qimasi kapillyarlarida vaskulit, kollagen tolalarning sklerozi va gialinozi, xamda to‘qima regeneratsiya jarayonlarining buzilishi sababli og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi shikastlanishlar morfologik jihatdan asoslangan;
tizimli qizil yugurik negizidagi bemorlarda paradont to‘qimasidagi  mikrotsirkulyasiya gemodinamik buzilishlari tahlil etilgan va paradont to‘qimasidagi yallig‘lanish jarayonining patogenetik  bosqichlari xamda paradont to‘qimasi buzilishlari o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor parodont to‘qimasidagi mikrotsirkulyator buzilishlarni korreksiya qilish uchun og‘iz bo‘shlig‘ini natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasi bilan ishlov berish usulining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
TQYu bilan kasallangan bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitni davo – tashxisot yondashuvini optimallashtirish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
tizimli qizil yugurikda o‘rta og‘irlikda kechuvchi surunkali tarqalgan paradontitni mahalliy davolashda natriy gipoxloritning ozonlashtirilgan eritmasini qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tizimli qizil yugurikda parodont patologiyasini davolashda ozonoterapiyani joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/197-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma tizimli qizil yugurikda paradont kasalliklarini davolashda ozonoterapiya usulini qullash orqali kasallikning davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
tizimli qizil yugurik bilan kasallangan bemorlarda surunkali tarqalgan parodontitni davolashda tavsiya etilgan kompleks chora tadbirlarni joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tizimli qizil yugurikda parodontning yallig‘lanish kasalligini davolash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 11 martdagi 8n-r/196-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma tizimli qizil yugurikda paradont kasalliklarini davolash usullarini optimallashtirish orqali kasallikning asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
tizimli qizil yugurikda surunkali parodontit rivojlanishini bosqichli tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarni Samarqand viloyati stomotologiya poliklinikasi, Samarqand viloyati bolalar stomotologiya poliklinikasi va  Buxoro davlat tibbiyot instituti  stomotologiya markazida klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2021 yil 16 avgustdagi 08-09,/10300-son  ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga tatbiq etilishi tizimli qizil yugurikda uchraydigan surunkali tarqalgan parodontitni erta tashxislash, parodont to‘qimasidagi mikrotsirkulyator buzilishlarni erta aniqlash, kasallikni davolash muddatini qisqartirish va bemorlar hayot sifatini  yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish