Abdijalilova Zilolaxon Xikmatullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yuqori nafas yo‘llari motor funksiyasini sekretolitik va stimullovchi preparatlar texnologiyasini yaratish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Far20.
Ilmiy maslahatchi: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimdjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Olimov Ne’mat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori nafas yo‘llarini yallig‘lanishida qo‘llaniladigan dori shakllarini muayyan tarkib va texnologiyasi ishlab chiqish hamda takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yallig‘lanishga qarshi sekretolitik ta’sir qiluvchi «Bronxotus Forte» eliksirining tarkib va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sekretomotor va balg‘am ko‘chiruvchi ta’sirga ega «Ambronat» qiyomining tarkib va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ambroksol gidroxloridi asosidagi mukolitik ta’sirga ega «Ambrol» tabletkalarining tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
ilk bor ambroksol gidroxloridi va eritromisin asosidagi yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega «Ambrorit» kombinirlangan tabletkalari tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
tavsiya etilayotgan preparatlarning biofarmatsevtik xossalari aniqlangan va etarli biologik samaradorlikka egaligi isbotlangan;
tavsiya etilayotgan eliksir, qiyom va tabletkalar sifatini nazorat qilish va standartlash usullari yaratilgan hamda ularning biosamaradorligi, saqlanish sharoiti va yaroqlilik muddati belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori nafas yo‘llari motor funksiyasini sekretolitik va stimullovchi preparatlar texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ambrol» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-15745533-3853-2020). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi sekretolitik-mukolitik ta’sir etuvchi dori vositalarni olish imkonini bergan;
«Ambronat» qiyomi uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-00481330-3945-2020). Ushbu korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi dori vositasini olish imkonini bergan;
«Ambrol» tabletkalari va «Ambronat» qiyomi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan ro‘yhatdan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M №03010/03/20 va №03191/05/20 guvohnomalar). Mazkur preparatlarning ro‘yhatdan o‘tkazilishi ularni mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqarish imkonini bergan;
«SAMO» MChJ bilan hamkorlikda «Ambrol» tabletkalari uchun ishlab chiqilgan tajriba sanoat reglamenti (OPR 2072228-02-20) tasdiqlangan. Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida sekretolitik va stimullovchi ta’sirga ega va yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanish kasalliklarini davolash imkonini beruvchi tabletka dori shakli uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish imkonini bergan.