Tleumuratov Akilbek Kanalbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston sharoitida bir o‘rkachli tuyalarning mahsuldorligini oshirish yo‘llari”, 06.02.03 - Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.RhD/Qx433.
Ilmiy rahbar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Eshmuratova Suluxan Tulegenovna, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida bir o‘rkachli tuyalar mahsuldorligini oshirish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bir o‘rkachli tuyalarning kunlik sut mahsuldorligi konstitusiya tipi bo‘yicha nozik tipda 3732 grammni, mustaxkam tipda 5007 grammni tashkil etishi dag‘al tip oraliq o‘rinda bo‘lishi aniqlangan;
tuyalarning tug‘im yoshi oshgan sari ularning sut mahsuldorligi oshib borishi bir sutka hisobida 3-tug‘imda 100% deb kabul qilinsa, 5-tug‘imda 55,4 % ni, 7-tug‘imda 59,5% ni tashkil qilishi aniqlangan;
tuyalarda o‘rkach hajmi yoshi kesiminda farqlanib, 3 yoshli ona tuyalarda kuz oylarida 37,3; 5 yoshda 38,1; 7 yoshda 39,7 va 9 yoshda 41,8sm3 teng bo‘lishi aniqlangan;
tuyalarning go‘sht mahsuldorligi bo‘yicha so‘yim chiqimi 3 yoshli tuyalarda 53,3% ni, 5 yoshli tuyalarda 53,6% tashkil qilishi, jun qirqimi katta yoshdagi (16-20) tuyalarda 5-10 yoshda 1,0 kg va 11-15 yoshdagilarga nisbatan 0,5 kg ko‘p bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida bir o‘rkachli tuyalarning mahsuldorligini oshirish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
bir o‘rkachli dromedar tuyalarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, mahsuldorlik imkoniyatlarini oshirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani tuyachilikka ixtisoslashgan «Ata-Mura» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 iyuldagi 33/04-378-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2021 yil 23 iyuldagi 101 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada sut mahsuldorligi o‘rtacha bir boshga 8-10% ga, tirik vazni bir bosh uchun o‘rtacha katta yoshdagi tuyalarda 20-22 kg ga, tivit jun miqdorining oshishi hisobiga har bir bosh tuyadan qirqib olinadigan jun 12-14 ming so‘mga oshgan;
bir o‘rkachli dromedar tuyalarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda,mahsuldorlik imkoniyatlarini oshirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani tuyachilikka ixtisoslashgan «Qoңratli aq niyet» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 iyuldagi 33/04-378 raqamli hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2021 yil 23 iyuldagi 101 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada sut mahsuldorligi o‘rtacha bir boshga 8-10% ga, tirik vazni bir bosh uchun o‘rtacha katta yoshdagi tuyalarda 20-22 kg ga, tivit jun miqdorining oshishi hisobiga har bir bosh tuyadan qirqib olinadigan jun 12-14 ming so‘mga oshgan;
bir o‘rkachli dromedar tuyalarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, mahsuldorlik imkoniyatlarini oshirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorauzyak tumani «Nurtilek-Qaraozek» fermer xo‘jaligida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 23 iyuldagi 33/04-378 raqamli hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Qorako‘l» uyushmasining 2021 yil 23 iyuldagi 101 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada sut mahsuldorligi o‘rtacha bir boshga 8-10% ga, tirik vazni bir bosh uchun o‘rtacha katta yoshdagi tuyalarda 20-22 kg ga, tivit jun miqdorining oshishi hisobiga har bir bosh tuyadan qirqib olinadigan jun 12-14 ming so‘mga oshgan.