Dexkanov Sherzod Abdumutalibovichning 
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmi samaradorligini oshirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1516.
Ilmiy rahbar: Asqarov Nodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Tohir Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha faosafa doktori (RhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv mexanizmi samaradorligini oshirish  bo‘yicha ilmiy taklif, tavsiya va ilmiy xulosalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv samaradorligini baholashga yondashuvni o‘rta (0,4-0,65), yaxshi (0,66-0,85), yuqori (0,86-1) moliyaviy-iqtisodiy natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar orqali asoslangan;
ishlab chiqarilgan g‘isht mahsulotlarini xududlar kesmida guruhlash oraliq mezonlarini (0-50 mln.dona) “qoniqarsiz”, (50-100 mln.dona) “o‘rta”, (100-150 mln.dona) “raqobatbardosh” va (150 va 200 mln.dona) “innovatsion” shkalalar bo‘yicha baholash asoslangan;
qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish va sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini pasaytirish evaziga qo‘shimcha imkoniyatlarni 15% ga oshirilishiga olib kelinishi asoslangan;
qurilish mahsulotlari sanoati aksionerlik jamiyatlarida qurilish materiallari xajmini 2021-2025 yillar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv samaradorligini baholashga yondashuvni o‘rta (0,4-0,65), yaxshi (0,66-0,85), yuqori (0,86-1) moliyaviy-iqtisodiy natijaga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar orqali asoslangan taklifi «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi a’zo korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 17 sentyabr kungi 05/15-1080-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv samaradorligi “Kvars” AJda 0,86, “Zarafshon Oyna” MChJda 0,91, Qizilqumsement” AJda 0,76 koeffisentda hamda korxonalarda ishlab chiqarish faoliyatini yaxlit va uzviy texnologik jarayon sifatida tashkil etish darajasi ortgan;
ishlab chiqarilgan g‘isht mahsulotlarini xududlar kesmida guruhlash oraliq mezonlarini (0-50 mln.dona) “qoniqarsiz”, (50-100 mln.dona) “o‘rta”, (100-150 mln.dona) “raqobatbardosh” va (150 va 200 mln.dona) “innovatsion” shkalalar bo‘yicha baholash asoslangan taklifi «O‘zsanoatqurilishmaterial-lari» uyushmasi a’zo korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 17 sentyabr kungi 05/15-1080-son ma’lumotnomasi). Bunda qurilish mahsulotlari sanoati korxonalarida g‘isht mahsuloti xududlar kesmida guruhlash oraliq mezonlari, innovatsion loyihalar yaratishga yo‘naltirilgan, samaradorligi darajasi yuqori innovatsion texnologiyalarini tanlash, baholash hamda ularni boshqarish imkonini bergan.
qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish va sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini pasaytirish evaziga qo‘shimcha imkoniyatlarni 15%ga oshirilishiga olib kelinishi asoslangan taklifi «O‘zsanoat-qurilishmateriallari» uyushmasi a’zo korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 17 sentyabr kungi 05/15-1080-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda joriy etish natijasida  mahsulot sotish xajmi “Kvars” AJda 4,2%, rentabellik darajasi “Zarafshon Oyna” MChJda 9,3% oshishiga hamda daromad solig‘i “Qizilqumsement”, “Bekobodsement”  va “Ohangaransement” AJlarda 20%dan 15%ga kamayishiga erishilgan;
qurilish mahsulotlari sanoati aksionerlik jamiyatlarida qurilish materiallari xajmini 2021-2025 yillar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2021 yil 17-sentyabr kungi 05/15-1080-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish ishlari xajmi 1% ga oshishi, o‘z navbatida qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1,71%ga, band bo‘lganlar soni esa 1,91%, asosiy kapitalga jalb qilingan investisiya xajmini 0,26% ga oshishiga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish