Nuralieva Dildora Mamurjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy psixologik mexanizmlarini takomillashtirish”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/P59.
Ilmiy rahbar: [Abduraxmonov Farxod Raximjonovich], falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Xalilova Nargiza Ikromalievna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universtiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilalarining etno va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalqi tarixan shaxslararo sog‘lom munosabatlar, ta’lim-tarbiya, hayotni ob’ektiv idrok etish va hodisalardan tanqidiy xulosa qilish kabi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga oqilona yondashishi hamda oilalar “oilalarda shaxslararo munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish”, “oilada er va xotin vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash” hamda “er va xotinning o‘zaro sog‘lom munosabati” kabi ijobiy psixologik mezonlarga qurilgani oqibatida o‘zbek oilasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit shakllangani falsafiy-psixologik jihatdan asoslangan;
“er-xotin” munosabatiga oiladan tashqaridagi ijtimoiy-psixologik va oiladagi shaxslararo-psixologik munosabatlarning salbiy ta’sirida ko‘p yillik turmush stajiga ega bo‘lgan oilalarda ham nizolarning kelib chiqishi, va hatto ajrim holatining oldini olishda mental-psixologik xususiyatlar sabab oilaga, zarur hollarda oilaning har bir a’zosiga individual psixologik yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lib, shu jihatdan ham individual psixologik yordam ko‘rsatish muhim vosita ekanligi asoslangan;
notinch va noto‘liq oila a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatishda ularning optimal qamrovini ta’minlash, psixologik xizmatlar to‘laqonligi va samaradorligini oshirish, “oila” va “mental” xususiyatlarni inobatga olish hamda aholining turli qatlamlariga psixologik-ma’naviy ko‘mak berish, mas’ul organ xodimlari hamkorligini kompleks ravishda qamrab olishda “oilabay” tizim asosida ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatishning zarurati asoslangan;
ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarni oilaga tayyorlashdagi muayyan kamchiliklar va ayrim oilalardagi nosog‘lom muhit ta’siri tufayli pandemiya sharoitida yuzaga kelgan vaziyatda mahallalarda ajralish xavfi mavjud bo‘lgan oilalar sonining ortishiga sabab bo‘lgani aniqlangan holda, ajralishlarni oldini olishda oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun “oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish modeli” nazariy va amaliy tahlillar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oilaga psixologik xizmat ko‘rsatishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini rivojlantirish muammolari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek xalqi tarixan shaxslararo sog‘lom munosabatlar, ta’lim-tarbiya, hayotni ob’ektiv idrok etish va hodisalardan tanqidiy xulosa qilish kabi ijtimoiy-psixologik munosabatlarga oqilona yondashishi hamda oilalar “oilalarda shaxslararo munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish”, “oilada er va xotin vazifalarini oqilona taqsimlash” hamda “er va xotinning o‘zaro sog‘lom munosabati” kabi ijobiy psixologik mezonlarga qurilgani oqibatida o‘zbek oilasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhit shakllanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Shaxsning ma’naviy va psixologik kamol topishining metodik ta’minotini ishlab chiqish” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda ajralish arafasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlashning psixologik-uslubiy imkoniyati kengaytirilgan;
“er-xotin” munosabatiga oiladan tashqaridagi ijtimoiy-psixologik va oiladagi shaxslararo-psixologik munosabatlarning salbiy ta’sirida ko‘p yillik turmush stajiga ega bo‘lgan oilalarda ham nizolarning kelib chiqishi, va hatto ajrim holatining oldini olishda mental-psixologik xususiyatlar sabab oilaga, zarur hollarda oilaning har bir a’zosiga individual psixologik yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lib, shu jihatdan ham individual psixologik yordam ko‘rsatish muhim vosita ekanligi oid xulosalari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Etnopsixologiya va din psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli umr stajiga ega bo‘lgan oilalar bilan ishlayotgan psixologlarning amaliy dasturi takomillashtirilgan va muvofiqlashtirilgan;
notinch va noto‘liq oila a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatishda ularning optimal qamrovini ta’minlash, psixologik xizmatlar to‘laqonligi va samaradorligini oshirish, “oila” va “mental” xususiyatlarni inobatga olish hamda aholining turli qatlamlariga psixologik-ma’naviy ko‘mak berish, mas’ul organ xodimlari hamkorligini kompleks ravishda qamrab olishda “oilabay” tizim asosida psixologik yordam ko‘rsatish muhim vosita ekanligi haqidagi xulosalardan Toshkent pedagogika unversiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining faoliyati jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6-son ma’lumotnomasi). Natijada, notinch va noto‘liq oilalarda psixologik xizmat ko‘rsatish samaradorligi oshirilgan.
ijtimoiy-psixologik jihatdan yoshlarni oilaga tayyorlashdagi muayyan kamchiliklar va ayrim oilalardagi nosog‘lom muhit ta’siri tufayli pandemiya sharoitida yuzaga kelgan vaziyatda mahallalarda ajralish xavfi mavjud bo‘lgan oilalar sonining ortishiga sabab bo‘lgani aniqlangan holda, ajralishlarni oldini olishda oilalar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun “oilaga psixologik xizmat ko‘rsatish modeli” Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Psixologik xizmat ko‘rsatish” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 11 iyundagi P-M-6-son ma’lumotnoma). Natijada nazariy va amaliy tahlillar samaradorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.