Abdullaeva Sevaraxon Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish” 08.00.03–“Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1400.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
Ilmiy rahbari: Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika  instituti, PhD.03/27.02.2020.I.106.03.
Rasmiy opponentlar: Bo‘taboev Mahammadjon To‘ychievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilhomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona viloyati to‘qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida qo‘shimcha qiymatning butun zanjiriga samarali ta’sir ko‘rsata oladigan “yalpi innovatsion mahsulot”ni yaratish asosida  tayyor maxsulot eksporti darajasini ikki baravarga oshirish imkoniyati asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida tarmoqlarning o‘zaro ta’sirini baholash tizimini joriy etish asosida yagona logistik “oyna” tashkil etish orqali moliyaviy oqimlar va faoliyatni nazorat qilish taklif etilgan;
ishlab chiqarish faoliyatida bir biri bilan bog‘liq tarmoqlarni kooperatsiyasini tashkil etish asosida birlashtirish to‘qmachilik va mashinasozlik sanoati hamda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish hajmini kamida 10 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
“Klaster” tizimidan foydalanish asosida paxta xom ashyosiga chuqur ishlov berish natijasida bir tonna paxta xom-ashyosidan olingan paxta tolasini eksport qilish hajmi yakuniy tayyor mahsulotni eksport qilish qiymatidan ikki baravar darajada past ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
to‘qimachilik sanoati korxonalarida qo‘shimcha qiymatning butun zanjiriga samarali ta’sir ko‘rsata oladigan “yalpi innovatsion mahsulot”ni yaratish asosida  tayyor maxsulot eksporti darajasini ikki baravarga oshirish bo‘yicha taklifi “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tizim to‘qimachilik korxonalari xo‘jalik faoliyatiga joriy qilingan (“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 03/25-2713–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarining sanoatlashtirish darajasini hamda tayyor maxsulot eksportini ko‘paytirish va  yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida yagona logistik “oyna” tashkil etish orqali moliyaviy oqimlar va faoliyatni nazorat qilish taklifi “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tizim to‘qimachilik korxonalari xo‘jalik faoliyatiga joriy qilingan, Farg‘ona viloyat hokimiyati tomonidan “Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 03/25-2713–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalari moliyaviy faoliyatini barqaror rivojlanishini ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga, xo‘jalik faoliyatiga xavf soluvchi omillarga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
ishlab chiqarish faoliyatida bir biri bilan bog‘liq tarmoqlarni kooperatsiyasini tashkil etish asosida birlashtirish to‘qmachilik va mashinasozlik sanoati hamda qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish hajmini kamida 10 foizga oshirish imkoniyati bo‘yicha taklifi “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tarmoqni rivojlantirish strategik “Yo‘l xaritasi”ni tuzishda hamda Farg‘ona viloyat hokimiyati tomonidan “Farg‘ona viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 03/25-2713–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy e tilishi natijasida alohida tarmoqlar bo‘yicha yillik mahsulotning qiymatini, ishlab chiqarilgan qiymatning tarkibini, ushbu mahsulotlarni boshqa tarmoqlarda foydalanish uchun taqsimotini tahlil qilish jarayonlari takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
“Klaster” tizimidan foydalanish asosida paxta xom ashyosiga chuqur ishlov berish bo‘yicha taklifi “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasi hamda Farg‘ona viloyat hokimiyati tomonidan to‘qimachilik korxonalari faoliyatiga joriy qilingan (“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 27 sentyabrdagi 03/25-2713–son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijadasida investisiyalarni jalb etish shart-sharoitlari, investisiyalarni faoliyat sohalari bo‘yicha taqsimlash jarayonlari yaxshilash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish