Muhammedova Madinabonu Olim qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzalning samarali konstruksiyasini yaratish», 05.06.03-“Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.2.PhD/T804.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ilxamova Maloxat Utkurovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abulniyazov Kurbanbay Ismailovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun samarali konstruksiya asosida profilaktik poyabzal ishlab chiqarib, bemorlarda qo‘llash orqali ular oyoq panjasida surunkali kechadigan deformatsiyalarning oldini olishini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
zarba yutuvchi hamda bakteriyalar ko‘payishiga chidamli bo‘lgan EVA (etilenvinilatsetat) materialidan tayyorlangan maxsus ich patakning konstruktiv parametrlari ya’ni patakning eni, qalinligi va romblarning balandligi oyoq panjasining antropometrik tadqiqotlari asosida aniklangan; 
profilaktik poyabzal uchun mo‘ljallangan maxsus ich patakning konstruktiv parametrlari asosida press-formaning ratsional parametrlari aniklangan;
qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzal ich patagining deformatsiyalanishi, poyabzal maxsus patakning qalinligi, patak yuzasining o‘zaro nisbati va bemorlarning vazni bilan bog‘lanishlari eksperimental va nazariy tadqiqotlar asosida aniqlangan;
qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun profilaktik poyabzal tanavorining tortish bax’yasining o‘lchamlari aniqlangan va shuning asosida poyabzalni ishlab chiqarish texnologik me’yorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
taklif  qilinayotgan profilaktik poyabzal konstruksiyasi «O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan «G’ijduvon poyabzal” XK da joriy etilgan («O‘zcharmsanoat” uyushmasi 17 dekabr 2020 yil №FN-7/2971-ma’lumotnomasi). Natijada bemorlar uchun profilaktik poyabzal assortimenti  kengaytirilgan va profilaktik poyabzalni ommaviy ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
oyoq panjasida deformatsiyalarning kelib chiqishi va rivojlanishini oldini olish uchun mo‘ljallangan profilaktik poyabzal  ilk bor «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan «Ekvatorial footwear» MChJ da bemorlarda qo‘llanilishi uchun ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zcharmsanoat» uyushmasi 17 dekabr 2020 yil №FN-7/2971 - ma’lumotnomasi). Natijada bemorlar uchun profilaktik poyabzalni ommaviy ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun ishlab chiqarilgan  profilaktik poyabzal «Akademik Y.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ro‘yxatida turgan bemorlarda qo‘llanilgan («Akademik Y.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi»ning 2020 yil 20 noyabrdagi dalolatnomasi.) Natijada bemor oyoq panjasida kasiliklini rivojlanish xavfi 45% kamaygan va bemorlarni yurish qobiliyati yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish