Hayitqulov Bobomurod Hayitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Issiqlik tarqalish va impul`siv ta’sirdagi ziddiyatlarni hal qilish jarayonini boshqarish algoritmlari va sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM338.
Ilmiy rahbar: Mamadaliev Numanjon, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Samatov Baxrom Tadjiaxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parabolik tipdagi tenglamalar bilan tavsiflanuvchi jarayonlarda minimal quvvatli issiqlik manbalarini optimal joylashtirishning nostatsionar masalalarini sonli echish uchun algoritm va dasturlar majmuini yaratish hamda o‘yinchilarning boshqaruvlariga turli chegaralar qo‘yilganda ziddiyatli holatlarni hal etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zgarmas va o‘zgaruvchi koeffisientli issiqlik o‘tkazuvchanlik tengla-masi bilan tavsiflanuvchi jarayonlarda minimal quvvatli issiqlik manba-larini optimal joylashtirishning nostatsionar masalalari sonli echilgan;
konveksiya-diffuziya tenglamasi bilan tavsiflanuvchi jarayonlarda minimal quvvatli issiqlik manbalarini optimal joylashtirishning nostatsionar masalalari sonli echilgan;
quvuvchining boshqaruviga integral chegara, qochuvchining boshqaruvi esa impul`sli xarakterga ega bo‘lgan chiziqli differensial o‘yinning qochish va quvishning bir masalasini echish uchun yangi etarli shartlar topilgan;
chiziqli differensial quvish o‘yinida birinchi usul yordamida aniqlanadigan chekli vaqtda terminal to‘plamning berilgan atrofiga traek-toriyani olib kelishni ta’minlovchi -pozision strategiyani qurish usuli ko‘rsatilgan va tutib olishning yangi etarli sharti olingan;
ziddiyatli holatda berilgan jismda issiqlik tarqalishini chegaraviy funksiya orqali boshqarishda jismni boshlang‘ich holatidan maqbul vaziyatga olib kelish masalasini echish uchun yangi etarli shart topilgan;
minimal quvvatli issiqlik manbalari joylashuvini optimal boshqarishning nostatsionar masalasini sonli echish hamda ziddiyatli holatni hal etish, olingan natijalarni vizuallashtirish uchun algoritm va dasturlar majmui ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Issiqlik manbalarini optimal joylashtirish jarayoni, o‘yinchilarni boshqaruv parametrlariga turli chegaralar qo‘yilgan hollarda ziddiyatli holatlarni hal etishni matematik va sonli modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quvuvchining boshqaruviga integral chegara, qochuvchining boshqaruvi esa impul`sli xarakterga ega bo‘lganda ziddiyatli holatlarni hal etish bo‘yicha dissertatsiya ishida olingan natijalardan OT-F-4-(36+32) raqamli «Matematik fizika va optimal boshqaruv masalalarini echishning yangi usullarini ishlab chiqish. Toq tartibli xususiy hosilali tenglamalar uchun noklassik boshlang‘ich va spektral masalalar va ularning tatbiqlari» grant loyihasida chiziqsiz boshqaruv sistemalarini tadqiq qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2021 yil 19 maydagi 04/11-2611-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ziddiyatli holatlarni hal qilish uchun yangi etarli shartlarni olish imkonini bergan;
o‘yinchilarning boshqaruvlariga turli chegaralar qo‘yilgan holda ziddiyatli holatlarni hal etish uchun ishlab chiqilgan sonli algoritm va dasturiy ta’minot Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetining matematika fanlari va zamonaviy tabiatshunoslik kafedrasi olimlari tomonidan o‘yinchilarning boshqaruvlariga turli chegaralar qo‘yilgan holda quvish masalasini echishda foydalanilgan (Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti 2021 yil 17 iyundagi 779-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash funksional-differensial sistemalarda dinamik optimizatsiyaning sonli algoritmlarini sinash va tahlil qilish imkonini bergan;
o‘yinchilarni boshqaruvlariga turli chegaralar qo‘yilgan holda -pozision strategiya va boshqaruvni qurish bo‘yicha olingan natijalar va g‘oyalardan 01-01-17-1921FR «Evklid metrikali ko‘pxilliklarda ko‘p quvlovchili quvish va qochib ketish differensial o‘yinlarni hal qilishning yangi usuli» grant loyihasida quvuvchining boshqaruviga integral chegara qo‘yilgan, qochuvchining boshqaruvi esa impul`sli xarakterga ega bo‘lganda chiziqli differensial quvish-qochish masalalarini echishda foydalanilgan (Malayziya Putra universiteti 2021 yil 26 avgustdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash o‘yinchilarning boshqaruvlariga turli chegaralar qo‘yilgan hollarda chiziqli differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli holatlarni hal qilish imkonini bergan.