Toshev Akmal Yusupovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Teri xom ashyolarini qayta ishlashda barqaror qoplamalar va pardozlashning ilmiy-amaliy asoslari», 05.06.03 - «Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.2.DSc/T288.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvaxob Ikramovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi texnologik va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan barqaror qoplamalar asosidagi qoplama bo‘yoqlarni olish, asosiy kimyoviy va fizik – mexanik hamda gigienik xossalarini saqlab qolgan holda charm va mo‘yna teri to‘qimalarini pardozlashning samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
charm va mo‘yna teri to‘qimalarini pardozlashda qoplamali bo‘yoqlarning termomexanik barqarorligini ta’minlaydigan pigmentli va pigmentsiz gruntlar bilan ishlov berish va loklash jarayonlari qisqartirilgan holda pardozlashning bir bosqichli texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kollagenning amorf holatdan kristall holatga o‘tishi jarayonida murakkab kimyoviy bog‘larning hosil bo‘lishi, qoplamali bo‘yoqlarni choklash termobarqaror va pishiq fazoviy strukturaning hosil bo‘lishi aniqlangan;
plyonka hosil qilish haroratining pasaytirishga, qotish vaqtining qisqarishiga olib keluvchi sopolimer emulsiya va choklovchi agent qo‘shish evaziga qoplamali bo‘yoqlarni optimal tarkibi aniqlangan;
qoplamali bo‘yoqni termobarqarorligining oshirishiga olib keluvchi, berkituvchan va cho‘ziluvchan poliakril bo‘yovchi kompozisiya tarkibiga geterotsiklik birikmani kiritish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
charm va mo‘yna teri to‘qimasi yuzasining strukturasini o‘zgartish, kollagen tolalar tutamlarini ajratish, qoplamali bo‘yoq komponentlarini charm va mo‘yna teri to‘qimasi bilan adgeziyasini oshirish hamda kimyoviy modifikatsiyalarsiz ularning reaksion qobiliyatini ortishiga imkoniyat beruvchi qo‘shimcha lazer nuri yordamida ishlov berish texnologiyasi yaratilgan;
teri sirt yuzasiga maxsus choklangan qoplamali bo‘yoqlarni kiritilishi evaziga teri to‘qimasi morfologiyasining keskin o‘zgarishi, elastiklik modulining ortishi aniqlangan va uning tartibli strukturaga olib kelishini amalga oshirish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
charm sirti ishlov berish uchun tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti (IAP 03517, 2007 y.) olingan. Natijada pardozlangan charmning tabiiy xususiyatlarini nisbattan saqlash imkonyatini bergan;
charmni pardozlash uchun penetratorga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti (IAP 04089, 2010 y.) olingan. Natijada charmni pardozlovchi yuqori sifatli qoplamali bo‘yoq tarkibini olish imkoniyati yaratilgan;
charmlarni qoplama bo‘yash jarayonida yangi bo‘yovchi polimerli plyonka hosil qiluvchi tarkiblari «O`zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi  «XROMPIK» xususiy ishlab chiqarish korxonasida joriy etilgan («O`zcharmsanoat» uyushmasining 28 yanvar` 2021 yil №FB-9/264 ma’lumotnomasi). Natijada qoplamali bo‘yoq tarkibiga choklovchi agentning kiritilishi evaziga bug‘ o‘tkazuvchanlgi 7,0 % ga kamayishiga hamda qoplamali bo‘yoqning ko‘p iarta egilib bukilishga chidamliligi 15,0 % oshishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan bo‘yovchi polimerli plyonka hosil qiluvchilardan foydalanib charmlarni qoplama bo‘yash jarayoni «Shoxaydarov X.Sh.» xususiy tadbirkorida joriy etilgan («O`zcharmsanoat» uyushmasining 28 yanvar` 2021 yil №FB-9/264 ma’lumotnomasi);
charmlarni qoplama bo‘yash jarayonida yangi qoplamali bo‘yoq tarkiblari «O`zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi  «IJOBAT AGRO TERI» sho‘’ba korxonasida joriy etilgan («O`zcharmsanoat» uyushmasining 28 yanvar` 2021 yil №FB-9/264 ma’lumotnomasi). Natijada qoplamali bo‘yoq tarkibiga mahalliy reagentlar hamda choklovchi agentning kiritilishi evaziga charm to‘qimasining sifat va fizik-mexanik ko‘rsatkichlari ortishiga imkon yaratilgan;
kiyim-kechaklar uchun po‘stinbop qo‘y teri to‘qimasini qoplama bo‘yash jarayonida yangi qoplamali bo‘yoq tarkiblari «O`zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi «Qunduz-A» xususiy korxonasida joriy etilgan («O`zcharmsanoat» uyushmasining 28 yanvar` 2021 yil №FB-9/264 ma’lumotnomasi). Natijada qoplamali bo‘yoq kompozisiyasi miqdorini 2,9 barobarga qisqarishi teri to‘qimasi yuza sirtiga yupqa parda hosil qilib, uning gigienik va adgezion xossalarini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish