Tuxtanazarov Dilmurod Solijonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft` konlarini boshqarishda parametrlarni bashorat qilishning kompyuter modellari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T144.

Ilmiy rahbar: Alimov Ismoildjon, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion  markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Toshpulat, texnika fanlari doktori, professor; Bobomurodov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: neft` konlarining ishlab chiqish jarayonini ilmiy tahlil qilish, optimal boshqarish va bashoratlash uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari hamda kompyuter modellarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

neft` konlarining ishlab chiqish jarayonlarini boshqarish va parametrlarini bashoratlash tizimlarining struktura-funksional tuzilishi takomillashtirilgan;

suyuqlik fil`tratsiyasi jarayonlarini ifodalovchi ikki o‘lchovli matematik modellarni bir o‘lchovli ko‘rinishga keltirish sxemalaridan  foydalanib sonli echish usullari ishlab chiqilgan;

neft` konlarining ishlab chiqish jarayonlariga boshqarish masalasini qo‘llash orqali yangi matematik model` va hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;

konlarning dastlabki ma’lumotlarini qayta ishlash orqali quduqlarning ishlab chiqish ko‘rsatkichini bashoratlash va kon zaxirasini hisoblash uchun matematik modellar va hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Neft` konlarining ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va kon ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha yaratilgan matematik modellar, algoritmlar va dasturiy majmualar asosida:

neft` konlarining joriy vaqtgacha bo‘lgan ma’lumotlarini qayta ishlash orqali quduqlarning ishlab chiqish ko‘rsatkichini bashoratlash va qazib olinadigan neft` miqdori koeffisientini hisoblash maqsadida yaratilgan modellar, algoritmlar va dasturlar “UzLITINeftGaz” ilmiy-loyihalash instituti loyihalari asosida “Umid” va “Yujniy kemachi” neft` konlariga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 20 iyuldagi 33-8/4722-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan dasturlar neft` konlarining ishlab chiqarish jarayonini boshqarishga ko‘maklashuvchi natijalarni bashoratlash orqali konlardan foydalanish samaradorligini 10–20 % ga oshirish imkonini bergan;

neft` va gaz konlarining zaxirasini bosim tushish modelidan foydalanib hisoblash uchun ishlab chiqilgan matematik model`, hisoblash algoritmi va kompyuter modeli “NGSO‘zIMJ” loyihalari asosida “Shaxpaxti” koniga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 20 iyuldagi 33-8/4722-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan kompyuter modeli qatlamlarga ajratilgan tabiiy konlarni har bir qatlamining zaxirasini hisoblash  va bu orqali kon zaxiralarini hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish