Xojimatov Ravshanbek Rasuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pillani qayta ishlash korxonalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.13 – «Menejment» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1069.
Ilmiy rahbar: Israilov Rustambek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Ismanov Ibraxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Yashnarbek Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pillani qayta ishlash korxonalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pillani qayta ishlash korxonalarini boshqaruv, boshqaruv xarajatlari, boshqaruv xodimlari va tashkiliy boshqaruv tuzilmasinining samaradorlik darajalari “samarasiz” (0-0,21), “past” (0,22-0,50), “o‘rtacha” (0,51-0,70), “barqaror” (0,71-0,89) “yuqori” (0,90-1,5) ko‘rsatkichlari yordamida baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
pillani qayta ishlash korxonalarini ishlab chiqarish, iqtisodiy, marketing va innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlari (0-54) - “qoniqarsiz", (55-70) - “qoniqarli”, (71-85) - “yaxshi” va (0,86-1) - “a’lo” shkalalari bo‘yicha kompleks baholash asoalangan;
pillani qayta ishlash korxonalari boshqaruvi tizimiga “Hududiy klaster menejmenti” bo‘limini kiritish asoslangan;
Namangan viloyati pillani qayta ishlash korxonalari ichki imkoniyatlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan..
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pillani qayta ishlash korxonalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pillani qayta ishlash korxonalarini boshqaruv, boshqaruv xarajatlari, boshqaruv xodimlari va tashkiliy boshqaruv tuzilmasinining samaradorlik darajalari “samarasiz” (0-0,21), “past” (0,22-0,50), “o‘rtacha” (0,51-0,70), “barqaror” (0,71-0,89) “yuqori” (0,90-1,5) ko‘rsatkichlari yordamida baholash mezonlari bo‘yicha taklifi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 fevraldagi 3-1/217-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni joriy etilishi, korxonalarda boshqaruv samaradorligi “Verigrow ipagi” XK - 0,29, “Fabrictex” MChJ - 0,74 , “Marjon tola fayz” MChJ – 1,38 barobarga o‘sishiga erishilgan.
illani qayta ishlash korxonalarini ishlab chiqarish, iqtisodiy, marketing va innovatsion faoliyat ko‘rsatkichlari (0-54) - “qoniqarsiz", (55-70) - “qoniqarli”, (71-85) - “yaxshi” va (0,86-1) - “a’lo” shkalalari bo‘yicha kompleks baholash bo‘yicha taklifi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 fevraldagi 3-1/217-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Fabrictex” MChJ da mahsulot sotish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 7,6 foizga, “Marjon tola fayz” MChJda mahsulot sotish hajmi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 8,1 foizga oshishi ta’minlangan.
pillani qayta ishlash korxonalari boshqaruvi tizimiga “Hududiy klaster menejmenti” bo‘limini kiritish bo‘yicha taklifi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 fevraldagi 3-1/217-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida “Marjon tola fayz” MChJ korxonasining bozor ulushi 6,3 foizga ortgan.
Namangan viloyati pillani qayta ishlash korxonalari samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni baholash asosida ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha taklifi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 10 fevraldagi 3-1/217-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrlaridan «Verigrow Ipagi» XK, «Fabrictex» va “Marjon tola fayz” MChJ faoliyatlarini samarali boshqarish bo‘yicha «Strategik chora-tadbirlar rejasi» hamda «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan.