Uljaev Faroxiddin Baxridinovich
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Daryo o‘zanlarini himoya dambalari bilan boshqarilishi sohalaridadeformatsionjarayonlar jadalliginibaholash», 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T2017
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bazarov Dilshod Rayimovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagiDSc. 03/30.12.2019. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:texnika fanlari doktori, professor Sobir Samatovich Eshev, texnika fanlari doktori, dotsent Baxtiyar Maxmudovich Shakirov.
Yetakchi tashkilot - Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qarshi Magistral kanaliga to‘g‘onsiz suv olish sohasida o‘zandagi jarayonlarni rostlash hamda bosh inshootning ish sharoitini yaxshilash bo‘yicha gidravlik usullarini takomillashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘onsiz suv olish inshootlarining himoya dambalarini rostlash usuli daryo o‘zani va suv olish bosh inshootida oqimning tezliklari va yo‘nalishini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
to‘g‘onsiz suv olish sohasida oqimning beqaror harakatini aniqlash imkonini beradigan gidrodinamik bog‘lanishlar asosida kam suvli davr uchun oqimning bo‘linishini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
to‘g‘onsiz suv olish bosh inshooti sohasida deformatsion jarayonlarning jadalligini hisobga olgan holda daryo o‘zani va qayirlarida barpo etiladigan himoya rostlash inshootlarini o‘rnatish va rostlash usuli ishlab chiqilgan;
daryo o‘zani va qayirlarida barpo etiladigan himoya rostlash inshootlari sohasidagi o‘zan oqim dinamikasini aniqlash usuli daryoning gidrologik rejimi va to‘g‘onsiz suv olish bosh inshooti sohasida deformatsion jarayonlarning jadalligini aniqlash usuli daryoning gidrologik rejimini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘onsiz suv olish hududi ish sharoitini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘g‘onsiz suv olish inshootlari samaradorligini oshirish maqsadida inshootlar sohasida himoya dambalarini rostlash usullari Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 04/20-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqim tezliklarini va yo‘nalishini aniqlash orqali to‘g‘onsiz suv olish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi;
daryo o‘zani va qayirlarida barpo etiladigan himoya rostlash inshootlari o‘rnatish, rostlash bo‘yicha tavsiyalar Olot tuman Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 04/20-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘onsiz suv olish bosh inshooti sohasida deformatsion jarayonlarning oldini olish imkoniyati yaratilgan;
daryo o‘zani va qayirlarida barpo etiladigan himoya rostlash inshootlari sohasidagi o‘zan oqim dinamikasini hisoblash usullari Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 yanvardagi 04/20-276-son ma’lumotnomasi). Natijada, deformatsion jarayonlarning jadalligini aniqlash usuli daryoning gidrologik rejimini inobatga olgan holda takomillashtirilgan.