Ibragimov Nodirjon Nusriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1670.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Uy-joy kommunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda axborot, logistika, ta’lim va ilg‘or texnologiya bilan uyg‘unlashtirishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda raqamli texnologiyalari klaster tizimini joriy qilishda vertikal integratsiya darajasini aniqlash usuli polinomial trend chizig‘ining eng yuqori determinatsiya koeffisientiga ko‘ra takomillashtirilgan;   
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini innovatsion rivojlantirish va ularga ta’sir etuvchi omillarni baholash va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning elastiklik koeffisientlarini hisoblash orqali ekonometrik modeli ishlab chiqilgan; 
Qashqadaryo viloyatida uy-joy kommunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish va kommunal xo‘jaligi kapitaliga kiritilgan investisiya hajmi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishini  sinergetik samaradorligini oshirishning vaqtli qatorlar va statistik mezonlar asosida klasterli yadro tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
mintaqada uy-joy kommunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda raqamli texnologiyalari klaster tizimini joriy qilishda vertikal integratsiya darajasini aniqlash usuli polinomial trend chizig‘ining eng yuqori determinatsiya koeffisientini takomillashtirilishi Qashqadaryo viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 01/17-3892-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot, logistika, ta’lim va ilg‘or texnologiya bilan uyg‘unlashtirishning iqtisodiy huquqiy asoslarining mazmunini tizimli va kengroq tushunish orqali uy-joy kommunal xo‘jaliklari amaliyotiga qo‘llash va aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini innovatsion rivojlantirish va ularga ta’sir etuvchi omillarni baholash va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarning elastiklik koeffisientlarini hisoblashning ekonometrik modellashtirilishi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xo‘jaliklari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 01/17-3892-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’sir etuvchi omillar uy-joy kommunal xo‘jaliklarini samarali boshqarish imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida uy-joy kommunal xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish va kommunal xo‘jaligi kapitaliga kiritilgan investisiya hajmi bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 01/17-3892-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xo‘jaliklarini innovatsion rivojlantirishga bog‘liq xizmat ko‘rsatish tarmog‘i hajmi 2020 yilga nisbatan 2021 yilga borib 1,06 barobarga, 2026 yilga borib esa 1,27 barobarga oshishi prognoz qilingan.
uy-joy kommunal xo‘jaligini innovasion rivojlantirishda miqdoriy va sifat jihatidan o‘sishini sinergetik samaradorligini oshirishning vaqtli qatorlar va statistik mezonlar asosida klasterli yadro tizimi ishlab chiqilishi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Qashqadaryo viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2021 yil 27 avgustdagi 01/17-3892-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu modeldan foydalanish uy-joy kommunal xo‘jaliklarning xizmatlar sifat darajasini aniqlash hamda sohani innovatsion rivojlantirish uchun aniq qarorlar qabul qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish