Xamidjonov Abdulaziz Usubjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurash sport turiga bolalarni saralash tizimi va mazmunini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1137.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi belbog‘li kurash sport turiga bolalarni saralash samaradorligiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda saralash bosqichlari, uslublari hamda tayyorgarlik jarayoni muvofiqligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh belbog‘li kurashchilarning vazn toifalariga qarab umumiy, maxsus jismoniy tayyorgarligining mezonlari va me’yoriy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib texnik harakatlarni baholash uchun besh darajali yutuq va kamchiliklarni tashxislash hisobiga saralashning ikkinchi bosqichi uchun majmuaviy integral baholash shkalasi ishlab chiqilgan;
11-12 yoshli belbog‘li kurashchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlariga saralashda vazn-bo‘y ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib o‘sish dinamikasini nazorat qilishning model tavsiflarini ishlab chiqish hisobiga namunaviy sport istiqbollarini aniqlash algoritmi takomillashtirilgan;
milliy terma jamoa tarkibiga kiruvchi belbog‘li kurashchilar texnik harakatlarini bajarish uchun umumiy va muvaffaqiyatli urinishlar soni, to‘plangan ballar yig‘indisi, umumiy o‘rtacha baho, hujum ishonchliligi, hujum daraja ko‘rsatkichlarini majmuaviy nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish evaziga yosh belbog‘li kurashchilarni saralash imkoniyatlari takomillashtirilgan;
belbog‘li kurash sport turiga bolalarni saralash tizimida funksional, jismoniy tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib yakkakurash elementlariga xos harakatli o‘yinlarni musobaqa texnik elementlariga moslashtirish hisobiga belbog‘li kurashga saralashning yangi chempion tayyorlash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Belbog‘li kurash sport turiga bolalarni saralash tizimi va mazmunini takomillashtirishda ma’lumotlarni hisobga olish va tahlil qilishning yagona tizimi asosida:
belbog‘li kurash sport turiga bolalarni saralash tizimida yakkakurash elementlariga xos harakatli o‘yinlarni musobaqa texnik elementlariga moslashtirish bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik maxoratini oshirish” (belbog‘li kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-007 raqamli guvohnoma). Natijada belbog‘li kurashchilarning kuch-qobiliyatlarining tavsifiy ko‘rsatkichlari 16,5% ga oshganligi aniqlangan;
yosh belbog‘li kurashchilarning vazn toifalari bo‘yicha texnik harakatlarni baholash uchun besh darajali yutuq va kamchiliklarni tashxislash shkalasi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi 2021 yil 7 iyundagi 04-07-08/2303-son ma’lumotnomasi). Natijada belbog‘li kurashchilarning vazn-bo‘y ko‘rsatkichlarini moslashtirish hisobiga texnik harakatlarni baholash imkoniyati 12,7% ga yaxshilangan;
11-12 yoshli belbog‘li kurashchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlariga saralashda namunaviy sport istiqbollarini aniqlash bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik maxoratini oshirish” (belbog‘li kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-007 raqamli guvohnoma). Natijada ushbu dasturdan foydalanish orqali kurashchilarning hujum harakatlari samaradorligini 12,4% foizga oshirishga imkon yaratgan;
milliy terma jamoa tarkibiga kiruvchi belbog‘li kurashchilar texnik harakatlarini majmuaviy nazorat qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport pedagogik maxoratini oshirish” (belbog‘li kurash) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 30 avgustdagi 375-son buyrug‘i, 375-007 raqamli guvohnoma). Natijada belbog‘li kurashchilarni texnik taktik tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda monitoring qilish asosida saralash samaradorligi asoslangan.