Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lizotsim, pektin, lipidlar saqlovchi ayrim o‘simliklarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K369.
Ilmiy rahbarlar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori., professor; Dehqonov Raxmatillo Sultonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Isaqov Xayatulla, texnika fanlari doktori; Jalolov Iqboljon Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turp va topinambur o‘simliklarining kimyoviy tarkibini aniqlash, ular asosida tabiiy biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish hamda TIF TN bo‘yicha tegishli tovar kod raqamlarini tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turp (Raphanus sativus L.) o‘simligining 5 ta navini ildiz mevasining organik tarkibi, ya’ni unda moddalar yig‘ilish dinamikasi ishlab chiqilgan;
ilk bor Marg‘ilon yashil turpidan lizotsim fermentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
turp (Raphanus sativus L.) o‘simligini 5 ta navining,topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simligi ildizmevasi po‘stlog‘i va ildizmevasi etli qismining neytron aktivatsion taxlil usulida 35 ta makro va mikroelemenlarning miqdori aniqlangan;
turp (Raphanus sativus L.) o‘simligi ildizmevasidan ajratib olingan pektin moddasining gilmoya bilan flokulyantlik xossasi aniqlangan;
ilk bor Marg‘ilon yashil turpidan olingan lizotsim hamda topinamburdan olingan inulin va pektinning in vitro sharoitida antiokidant faolligi aniqlangan;
turp (Raphanus sativus L.) va topinambur (Helianthus tuberosus L.) hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlarin TIF TN qoidalari asosida sinflanib, ularga yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lizotsim, pektin, lipidlar saqlovchi ayrim o‘simliklarni kimyoviy tarkibini aniqlash va sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turp (Raphanus sativus L.) va topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simliklaridan olingan inulin va lizotsim biologik faol birikmalari Farg‘ona viloyati Quva tumani anorchilik agrofirmasida 23 gektar anor bog‘lariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 28 sentyabrdagi 05/032-3922 - son ma’lumotnomasi). Natijada, fitopreparatlar in vitro sharoitida anorning patogensiz ko‘chatlarini olish va rivojlanishini boshqarish imkonini bergan;
turp (Raphanus sativus L.) va topinambur (Helianthus tuberosus L.) hamda ulardan tayyorlangan tabiiy mahsulotlar TIF TN bo‘yicha sinflanib, ishlab chiqilgan yangi kod raqamlari davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 24 sentyabrdagi 1/16-272-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida lizotsim pektin lipidlar saqlovchi o‘simliklarni kimyoviy tarkibiga ko‘ra sinflash imkonini bergan.