Muftullaeva Marziya Begdullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston bentonitidan olingan nanozarrachali montmorillonit asosida elastomer kompozisiyalar va rezina-texnika buyumlarini olish texnologiyalarini yaratish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1403.
Ilmiy rahbarlar: Ibadullaev Axmadjon Sabirjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskenderov Axmet Maxsetbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Aminov Shuxrat Siddikovich texnika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston bentoniti tuprog‘idan montmorillonitni ajratib olish texnolgiyasini va uni qo‘llab elastomer kompozisiyalar va har xil sharoitlarda ishlatiluvchi buyumlar tarkibi va olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston bentoniti va undan ajratib olingan montmorillonitni kimyoviy, fizik-kimyoviy, adsorbsion xossalari va strukturasi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston bentoniti tarkibidan montmorillonitni ajratib olish texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
montmorillonitni qo‘shib organik materiallar asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi kompozisiyalar tarkibi ishlab chiqilgan;
kompozisiyaning plasto-elastik, reologik va texnologik, gisterezis, fizik-mexanik, dinamik, maxsus va ekspluatatsion xossalariga montmorillonit miqdori, fizik-kimyoviy xossalari va strukturasining ta’siri aniqlangan;
olingan montmorillonitni qo‘shib xar-xil sharoitlarda ishlatiluvchi armirlangan va armirlanmagan elastomer kompozisiya va buyumlar olish tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoraqalpog‘iston montmorilloniti va uni qo‘llab yuqori molekulali birikmalar asosida kompozision  materiallar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston bentoniti tuprog‘i tarkibidan montmorillonitni ajratib olish texnologik jarayoni «O‘zkimyosanoat» AJning «2022–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 27 martdagi 23-3-1172-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision elastomer va polimer materiallar tarkibiga qo‘shiluvchi mineral to‘ldirgichlar ishlab chiqarishni maxalliylashtirish imkonini bergan;
montmorillonitni qo‘llab har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekstil buyumlari olish texnologiyalari «O‘zkimyosanoat» AJning «2022–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 27 martdagi 23-3-1172-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekstil buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiluvchi mineral to‘ldirgichlarni maxalliylashtirish va tan narxini 28% kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish