Ulkanboeva Gulchexra Dilshatovnaning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Quruvchilar maxsus kiyimi himoyaviy xususiyatlarini oshirish usullarini takomillashtirish», 05.06.04 –«Tikuv buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1852.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mansurova Munisa Anvarovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abdukarimova Mashkura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Nabijonova Nargiza Nasimjonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p qavatli bino quruvchilari maxsus kiyimi himoya xususiyatlarini oshirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
quruvchilar harakatlarining biokinematik tadqiqotlari asosida xarakatlarning burchak parametrlari qiymatlari aniqlangan, maxsus kiyim konstruksiyaning dinamik mosligini ta’minlash uchun dinamik effekt va burchak parametrlari orasidagi bog‘lanishlar olingan;
quruvchilar xavfsizlik belbog‘i himoyalovchi jilet qo‘shish hisobiga konstruksiyasi takomillashtirilgan va xavfsizlik belbog‘i parametrlarini hisoblash bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
quruvchining balandlikdan qulash paytida yuzaga keladigan dinamik yukni, tavsiya etilgan xavfsizlik qurilmasi hisobiga, kamaytirish imkoniyati aniqlangan;
xavfsizlik jiletining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish maqsadida materiallar paketi shakllantirilgan va jilet ichidagi xavoni ushlab qolish evaziga mustahkamligini ta’minlovchi texnologik ishlov berish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
quruvchilar uchun yangi turdagi maxsus kiyim tayyorlash konstruktorlik-texnologik xujjatlari, quruvchi-montajchilarga ekstremal vaziyatlar uchun xavfsizlik moslamasi konstruksiyasi «APPAREL» MChJ, «TOJINISO FAYZ» MChJ xususiy korxonalarida kiyim konstruktiv va texnologik echimlari ishlab chiqarishga tatbiq qilingan («O`zto`qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 07 iyuldagi № 03/25-2079 son ma’lumotnomasi). Natijada material xarajatlarini 1,5 marttagacha kamaytirishga erishilgan;
quruvchilar uchun yangi turdagi maxsus kiyim tayyorlash resurstejamkor texnologiyasi «NURAFSHON NUR» xususiy korxonasida tatbiq qilingan. Natijada mahsulot narxini import narxiga nisbatan 2 barobar arzonlashtirishga imkoniyat yaratilgan.