Negmatov Jahongir Nosir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘pik hosil qiluvchilarni olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ularni mis konsentratlarini ajratib olish uchun flotatsiya jarayonida qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2347.
Ilmiy rahbarlar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ikramova Muqaddas Eralievna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Baxodir Boypo‘latovich, texnika fanlari doktori; Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘pik hosil qiluvchilarni olishning samarali, resurslarni tejaydigan yangi texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida organo-noorganik ingredientlarning tabiati, turi, tarkibi va nisbatlariga bog‘liq holda ishlab chiqilayotgan kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarining aniqlangan o‘zgarish qonuniyatlari hamda mis-molibden metall rudalari flotatsiya jarayoni texnologik omillari asosida resurstejamkor samarali texnologiyani yaratish uchun ilmiy asoslangan yondashuv ishlab chiqilgan;
aniqlangan qonuniyatlar asosida mis-molibdenli rudalarni flotatsiya qilish jarayonida qo‘llash uchun mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organo-noorganik ingredientlar asosida import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarning samarali tarkiblari aniqlangan;
mis-molibdenli rudalarni flotatsiya qilish jarayonida qo‘llash uchun mo‘ljallangan import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarni olishning resurstejamkor samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mis-molibdenli rudalarni flotatsiya qilish jarayonida ishlatiladigan kompozision kimyoviy flotoreagentlar-ko‘piklantiruvchi moddalarning yangi samarali tarkiblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘pik hosil qiluvchilarni olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ularni mis konsentratlarini ajratib olish uchun flotatsiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maydalangan balansdan tashqari va kamsifat madandan metall zarrachalarni quruq ajratib olish qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAR 20100015). Natijada, mis-molibdenli rudalardan mis konsentratini samarali ajratib olish imkonini bergan;
mis-molibdenli metall rudalaridan flotatsiya jarayonida mis konsentratlarini samarali ajratib olish imkonini beruvchi resurstejamkor texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 30 sentyabrdagi XA-8054-son ma’lumotnomasi). Natijada, rudalardan mis-molibden metallarini ajratib olish uchun kompozision kimyoviy flotoreagent-ko‘pik hosil qiluvchilarni nisbatan samarali tarkiblarini olish imkonini bergan;
yuqori fizik-kimyoviy va flotatsion xossalarga ega bo‘lgan arzon va import o‘rnini bosuvchi kompozision kimyoviy ko‘pik hosil qiluvchi flotoreagentlar «Olmaliq KMK» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 30 sentyabrdagi XA-8054-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan kompozision kimyoviy ko‘pik hosil qiluvchi-flotoreagentlar «Olmaliq KMK» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirish, importni kamaytirish va valyutani tejash imkonini bergan.