Cagdullaeva Dilfuza Karimullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi arabiy jumla va o‘zlashmalarning struktur-semantik tadqiqi», 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil773.
Ilmiy rahbar: Rustamiy Salimaxon Aliybeg qizi, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mirziyatov Shuxrat Mirgiyazovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi arabcha jumla va o‘zlashmalarning struktur-semantik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Qisasi Rabg‘uziy» asari matniga Qur’oni karim, tafsir, hadis va arab xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat 1355 ta arabcha jumla muallif fikrini mustahkamlash uchun balog‘at ilmining itnob (إطناب) usulida kiritilgani asoslangan;
asarda arabiy o‘zlashmalar asosida shakllangan lug‘aviy birliklar so‘zning emotsional bo‘yoqdorligi va lingvopoetik ahamiyat kasb etishida mazmundorlikni ta’minlash uchun tashbih (metafora), majoz (funksional ko‘chim), istiora (metonimiya) hamda kinoya (nom ko‘chishi) usullari orqali ko‘chma ma’noda qo‘llanganligi dalillangan;
arab tilidagi leksik birliklarning semantikasini ochib berish uchun arabiy jumlalar Rabg‘uziy tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima va turkiy izohlar, arabcha leksemalar turkiy muodilini keltirish usullari yordamida berilganligi isbotlangan;
asardagi jami 339 ta diniy mazmundagi خالق Xāliq, عليم ‘Alīm, سميع Samī, ملك الموت malaku-l-mavt, كفر kufr, ركوع ruku‘, تسبيح tasbīḥ, شريعة šarī‘at, نكاه nikāḥ, زكاة zakāt, أخيار axyār, عمّارة‘ammāra kabi leksemalarning Allohning ismlari, e’tiqod, ibodat, tasavvuf, fiqh mavzulari doirasida qo‘llangani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Qisasi Rabg‘uziy» asari matniga Qur’oni karim, tafsir, hadis va arab xalq og‘zaki ijodi namunalaridan iborat 1355 ta arabcha jumla muallif fikrini mustahkamlash uchun balog‘at ilmining itnob (إطناب) usulida kiritilganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida nashr etilgan «Buyuk yurt allomalari» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 9 iyuldagi 02-03/4384-son ma’lumotnomasi; Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 21 iyundagi 01-07/133-son ma’lumotnomasi). Natijada Qur’on ilmlarining o‘rta asr mumtoz asarlar tiliga singdirilishi bilan bog‘liq masalalarni keng jamoatchilikka tanitish imkoniyati yaratilgan;
asarda arabiy o‘zlashmalar yordamida shakllangan lug‘aviy birliklarning tashbih, majoz, istiora va kinoya usullari orqali ko‘chma ma’noda qo‘llanish xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan FA-F-1-raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyiha (2017-2020) doirasida foydalanilgan (O‘zRFAQBning 2021 yil 3 maydagi 17.01/23-son ma’lumotnomasi). Natijada Oltin O‘rda adabiyotshunosligi tarixida qo‘llangan lingvopoetik usullar arabcha o‘zlashmalar ishtirokiga oid ma’lumotlar bilan mazmunan takomillashtirilgan;
asardagi arabcha jumla, so‘z va iboralarning mazmuni turkiy tarjima yoki izoh orqali yoritilganligi haqidagi ilmiy xulosalar G‘afur G‘ulom uy-muzeyida tashkil etilgan «Qo‘lyozma va nodir nashrlar» ruknidagi onlayn ekspozisiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 03-12-08-397-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeydagi o‘zbek tili va adabiyotiga doir ekspozisiyalarning yangi ma’lumotlar bilan boyishi ta’minlangan;
asardagi Allohning ismlari, e’tiqod, ibodat, tasavvuf, fiqh mavzulari doirasida qo‘llangan jami 339 ta diniy mazmundagi leksemalarning semantik xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston telekanali»ning «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 26 apreldagi 02-40-618-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi diniy atamalarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri talqin qilishga oid ilmiy yangiliklar etkazilgan.