Bozorov Lutfulla Ubaydullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat chiqindi suvlarini tozalash uchun ikkilamchi polivinilxlorid asosida sorbentlar olish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2354.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polivinilxloridni tarkibida azot va oltingugurt bo‘lgan organik birikmalar bilan modifikatsiyalash asosida sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polivinilxlorid asosida dietilamin, monoetanolamin, natriy dietilditiokarbamat va difenilaminlarni modifikatsiyalab ion almashinuvchi va kompleks hosil qiluvchi sorbentlar sintez qilingan;
sintez qilingan yangi TB-1, TB-2, TB-3, TB-4 markali sorbentlarning statik va dinamik sharoitlarda individual hamda aralash eritmalardan Su (II), Sd (II), Zn (II), Ag (I) ionlariga nisbatan sorbsion sig‘imlari aniqlangan;
differensial-termik tahlil asosida sorbentlarning termik barqarorligi TB-3 < TB-1 < TB-4 < TB-2 qatorida ortib borishi aniqlangan;
ikkilamchi polivinilxloridni dietilamin, monoetanolamin, natriy dietilditiokarbamat va difenilaminlar yordamida modifikatsiyalab TB-1, TB-2, TB-3, TB-4 markali sorbentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ikkilamchi polivinilxloridni modifikatsiyalash yordamida sorbentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polivinilxloridni dietilamin, monoetanolamin, natriy dietilditiokarbamat va difenilaminlar bilan modifikatsiyalab sorbentlar olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda sorbentlar olishda joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2021 yil 5 oktyabrdagi AA-008142-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi cuvlapini metall ionlapidan tozalash uchun import o‘rnini bosuvchi samarali sorbentlar olish imkonini bergan;
ikkilamchi polivinilxloridni modifikatsiyalash yordamida olingan TB-1, TB-2, TB-3, TB-4 markali sorbentlar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ishlab chiqapish chiqindi cuvlapini metall ionlapidan tozalash va texnologik epitmalapdan qimmatli komponentlapni ajpatib olishda joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2021 yil 5 oktyabrdagi AA-008142-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni mis (II), kadmiy (II), rux (II), kumush (I) metall ionlaridan tozalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish