Ernazarov Azizbek Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlab sug‘orishda tuproq namligini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish”, 05.09.07 - “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1491.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Xamraev Shavkat Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fatxullaev Alisher Mirzotillaevich, texnika fanlari doktori, professor,
Latipov Shoxboz Alisher o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD , 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasi holati dinamikasini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sen-Venan tenglamalari asosida egat tubidagi ishqalanish kuchlarini hisobga olgan holda egat bo‘yicha oqim chuqurligi dinamikasining gidravlik modeli ishlab chiqildi;
Sen-Venan tenglamalari hamda stoxastik nazariya usullari asosida nostatsionar g‘adir-budir egat bo‘yicha beqaror suv harakatining stoxastik modeli ishlab chiqildi;
egatdagi ishqalanish kuchlarini hisobga olgan holda egat bo‘yicha oqim tezligi dinamikasining tenglamasi asosida g‘o‘zani egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasidagi namlik dinamikasini boshqarishning gidravlik modeli ishlab chiqildi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasidagi namlikni  ulchash, agromeliorativ parametrlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish va masofadan uzatish uskunasi hamda kompyuter dasturi ishlab chiqildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini  egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasidagi namlik dinamikasini boshqarishning gidravlik usullarini takomillashtirish asosida:
egat tubining maxalliy nostatsionarligini ifodalovchi kubik splayn funksiya ko‘rinishidagi shartlar asosida g‘o‘zani egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasidagi namlik dinamikasini boshqarishning gidravlik modeli takomillashtirilgan. G‘o‘zani egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasi holatini boshqarish bo‘yicha uskuna va kompyuter dasturi ishlab chiqilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2447 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan uslub sug‘oriladigan maydonlarning suv-tuz balansi hisobi uchun dispersiya parametrlarini aniqlash imkonini yaratadi;
o‘simlik qatlamidan bo‘ladigan evopotranspiratsiya potensialini aniqlashning ishlab chiqilgan kompyuter dasturi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2447 raqamli ma’lumotnomasi). Ishning asosiy natijalari 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan VA-QXF-5-003 “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanishi jarayonlari dinamikasi qonuniyatlari” fundamintal loyihasi doirasida sinalgan va tavsiya etilgan; 
g‘o‘zani egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasi holatini boshqarish bo‘yicha uskuna va kompyuter dasturi Quyi-Sirdaryo  irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2447 raqamli ma’lumotnomasi). 
qishloq xo‘jaligi ekinlarini  egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanish sohasidagi namlik dinamikasini boshqarishning takomillashtirilgan gidravlik usullarini joriy qilinishi natijasida 5-6 foizga qadar sug‘orish suvi iqtisod qilinishiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish