Paluanov Daniyar Tanirbergenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yumshoq gruntlarda past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarini hisoblash uslublarini takomillashtirish”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/T147.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jakulov Rustam, texnika fanlari doktori, professor,
Ergashev Rustam Raximovich, texnika fanlari doktori, professor,
Malikov Zafar Mamatkulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab muhandislik-geologik sharoitlarda loyihalanadigan va quriladigan past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarini hisoblash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaminda oquvchanlik xususiyatiga ega gruntlarni harakatga keltiruvchi kuchlar miqdori va statik yuklamalar ta’sirida past bosimli GTI zaminining xavfsizligini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
zaminda oquvchanlik xususiyatiga ega gruntlar mavjudligida “to‘g‘on-bir jinsli bo‘lmagan zamin” tizimining gidravlik modeli ishlab chiqilgan;
inshoot og‘irligi va gidrostatik bosim ta’sirida past bosimli GTI zaminlari xavfsizligini hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
ko‘p fazali suyuqliklar harakati modeli asosida past bosimli GTI zaminining xavfsizligini baholash usullar takomillashtirilgan;
murakkab ko‘p qatlamli gruntlarda past bosimli GTI zaminidagi fil`tratsiya oqimi tezligi va bosimi taqsimlanishi qonuniyati asosida fil`tratsiya mustahkamligini baholash hisoblari takomillashtirilgan;
inshoot og‘irligi va gidrostatik bosim ta’sirida past bosimli GTI zaminining turg‘unligini hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
yumshoq gruntlarda past bosimli GTI zaminlarini loyihalashning samarali va tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yumshoq gruntlarda past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarini hisoblash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muhandislik-geologik sharoitlari og‘ir bo‘lgan hududlarda past bosimli gidrotexnika inshootlari va ularning zaminlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlari xavfsizligini baholashning gidravlik usullari “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yumshoq gruntlarda loyihalanadigan past bosimli inshootlar zaminlariga ta’sir etadigan kuchlar miqdorini aniqlash imkonini berdi;
gruntlarning murakkab geologik tuzilishida inshootning turg‘unligi va zaminning mustahkamligini ta’minlovchi inshootning zamin bilan tutashishi bo‘yicha tadbirlar, yuklama va ta’sirlarning birgalikdagi barcha hisoblarini inobatga olgan holda statik yuklamalarda past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarining kuchlanganlik-deformatsiya holatlari natijalari “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasiga hamda yumshoq gruntlarda past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarini loyihalash, qurishda samarali va tejamkor texnologik tadbirlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etish orqali zamin gruntining turg‘unligini oshirishning texnologik usullarini qo‘llash variantlari “Amudaryo” havzaviy suv xo‘jaligi birlashmasi quyi daryo boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan hisoblar loyihalanayotgan past bosimli gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi va samaradorligini oshirishga imkon berdi;
inshootlar zamini gruntlarining qatlam-qatlam bo‘lishi, linzalarning mavjud bo‘lishi, chuqurlik bo‘yicha va planda gruntning deformatsiyalanuvchanlik xarakteristikasini o‘zgarishi hisobiga inshootning notekis yuklanishini aniqlashni hisobga olgan holda murakkab ko‘p qatlamli gruntlarda past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarining mustahkamligini oshirish hisoblari Orol bo‘yi del`ta boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bir jinsli bo‘lmagan zaminlar uchun past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarining iqtisodiy jihatdan samarali va ishonchli muhandislik echimlarni topish, salbiy oqibatlarni bartaraf qilish tabdirlarini ishlab chiqish imkonini berdi;
murakkab qatlamli gruntlarni inshoot zaminiga mustahkamlash va zichlash ishlari zaminning yuk ko‘taruvchanlik xususiyatini oshirish maqsadida loyihada talab qilingan suv o‘tkazuvchanligi va fil`tratsiya mustahkamligini ta’minlashda past bosimli gidrotexnika inshootlari zaminlarining fil`tratsiyaga qarshi mustahkamligi hisoblari Orol bo‘yi del`ta boshqarmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 03/27-2446-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past bosimli inshootlarning zamin¬lari gruntlarini mustahkamlash, inshoot ostida fil`t-ratsiyani kamaytirish va fil`tratsiyaning xavfli asoratlarini bartaraf qilishning ishonchli va iqtisodiy jihatdan samarali texnologik usullarini qo‘llash, sarf-harajatlarni 10% gacha kamaytirish imkonini yaratdi.