Xusanova Sumbul Islamovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Hayot xavfsizligi asoslari” kursi mavzulari orasidagi uzviylikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2445.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. 
Ilmiy maslahatchi: Turdiqulov Eshboy Otaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Hayot xavfsizligi asoslari» kursi mavzulari orasidagi uzviylikni ta’minlashning pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish hamda mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida hayot xavfsizligi ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning motivatsion, amaliy-faoliyatli jarayonlarini etnoekologik, etnopedagogik yondashuvlar bilan kompleks (ichki mazmuniy, tashqi ishni tashkil etish shakllari) integratsiyasi darajasining makon, vaqt va inson omili ustuvor bo‘lgan ta’limiy muhitdagi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
«xavf», «tahdid», «xavfsizlik» tushunchalarini o‘quv fanlariga singdirish asosida uzviy o‘rgatishning mazmuni va pedagogik imkoniyatlari tayanch va o‘quv fanlariga oid kompetensiyalarning aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodik tizim (sinflar kesimida taqsimlangan mavzular, ta’lim muhitiga mos tanlangan yondashuvlar)ni o‘quvchi shaxsining xavfsiz rivojlanish jarayoniga emotsional va interpritativ ta’sirchanlik darajalari (favqulodda hodisalar oqibatlarining turli yosh o‘quvchilari tomonidan anglanganligi)ni hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
«Hayot xavfsizligi asoslari»ning fanlararo integrativ o‘qitilishining didaktik ta’minoti o‘qituvchilarning umuminsoniy qadriyatlari (insonparvarlik, tarixiylik, tinchlik, salomatlik, madaniy, ekologik barqarorlik) tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga asoslangan pedagogik mas’uliyat va o‘zgalarga hamda o‘ziga bo‘lgan munosabatning etika elementlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;  
o‘quvchilarning hayot xavfsizligini uzluksiz ta’minlash amaliyotini samarali tashkil etish texnologiyalari o‘quvchilarda zarur hayotiy ko‘nikmalari (maqsadning aniqligi, tez va samarali qaror qabul qilish, tezkor tahlil va vaziyatga moslashish, kommunikativlik, natijalarni prognoz qilish, salomatlikni saqlash va nazorat qilish)ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat (fasilitatsiya, moderatsiya, trenerlik) elementlarini dars va darsdan tashqari pedagogik jarayonga adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida hayot xavfsizligini o‘rgatish bosqichlari oddiydan murakkabga tamoyili asosida o‘quvchilarda butun hayoti davomida xavfsiz harakatlanish traektoriyasini modellashtirish ko‘nikmalarini intensiv rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida tizimlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Hayot xavfsizligi asoslari» kursi mavzulari orasidagi uzviylikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarida hayot xavfsizligi ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, psixologik xususiyatlari o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishning motivatsion, amaliy-faoliyatli jarayonlarini etnoekologik, etnopedagogik yondashuvlarga asoslangan holda kompleks integratsiyalashga doir takliflar «Hayot xavfsizligi asoslari» kursi bo‘yicha 1-11-sinflar uchun o‘quv dasturlari, o‘qituvchilar uchun «Hayot xavfsizligi asoslari» nomli uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 13 avgustdagi 01/11-02/10-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada kursning sinflar kesimida tizimli o‘qitilishi va yaxlit natijalarga yo‘naltirilgan holda dars va mashg‘ulotlarni tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan; 
«xavf»,  «tahdid», «xavfsizlik» tushunchalarini o‘quv fanlariga singdirish asosida uzviy o‘rgatishning mazmuni va pedagogik imkoniyatlari tayanch va o‘quv fanlariga oid kompetensiyalarning  aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan metodik tizim asosida  o‘quvchi shaxsining xavfsiz rivojlanish jarayonini emotsional va interpritativ ta’sirchan tarzda tashkil etishga doir metodik tavsiyalaridan PZ-2014-0903160552-raqamli  «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 13 avgustdagi 01/11-02/10-1190-son ma’lumotnomasi).  Natijada pedagogik jamoa tomonidan o‘quvchi shaxsi xavfsizligini uzluksiz ta’minlashning mazmuniy komponentlaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan; 
«Hayot xavfsizligi asoslari»ning fanlararo integrativ o‘qitilishining didaktik ta’minotini o‘qituvchilarning umuminsoniy qadriyatlari (insonparvarlik, tarixiylik, tinchlik, salomatlik, madaniy, ekologik barqarorlik...) tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga asoslangan holda takomillashtirishga oid nazariy-metodik qarashlar  «Hayot xavfsizligi asoslari» nomli o‘quvchilar uchun didaktik materiallar to‘plamlari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 13 avgustdagi 01/11-02/10-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada inson omili va undan foydalanishda xavfsiz hayot sharoiti va rivojlanish muhiti muhimligini keng jamoatchilikka etkazishning resursli ta’minoti yaratilgan;
umumta’lim maktablarida hayot xavfsizligini o‘rgatishning algoritmik bosqichlari o‘quvchilarda butun hayot davomida xavfsiz harakatlanish traektoriyasini modellashtirish ko‘nikmalarini intensiv rivojlantirishga oid takliflar «O‘quvchining shaxsiy xavfsizligi»  nomli uslubiy qo‘llanma va «O‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari» deb nomlangan monografiya, «Boshqaruv psixologiyasi» darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 13 avgustdagi 01/11-02/10-1190-son ma’lumotnomasi).  Natijada inson butun hayoti davomida shaxsiy hayoti xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalariga ta’limning dastlabki davridan ega bo‘lishlariga erishish muhimligini  tegishli soha kadrlariga etkazishning imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quvchilarning hayot xavfsizligini uzluksiz ta’minlash amaliyotini samarali tashkil etish texnologiyalari XXI asr ko‘nikmalari (maqsadning aniqligi, tez va samarali qaror qabul qilish, tezkor tahlil va vaziyatga moslashish, kommunikativlik, natijalarni prognoz qilish, salomatlikni saqlash va nazorat qilish...)ni  o‘quvchilarda rivojlantirishga oid metodik tavsiyalaridan fanlar tarkibiga integratsiyalangan «Hayot xavfsizligi asoslari» kursi bo‘yicha 1-11-sinflar uchun o‘quv dasturlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 13 avgustdagi 01/11-02/10-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada nafaqat umumta’lim maktablarida, balki uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ta’lim ishtirokchilari hayot xavfsizligini ta’minlashda metodik jihatdan tayanish uchun imkoniyat yaratilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish