Nadjmitdinov Otabek Baxritdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Menopauzadan keyingi davrda ayollarda diabetik polineyropatiya tashxisining zamonaviy jihatlari», 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1744.
Ilmiy rahbar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Narimova Gul`chexra Djumaniyazovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot hodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: menopauzadan keyingi davrdagi ayollarda diabetik polineyropatiya kasalligi rivojlanishining patobiokimyoviy mexanizmlarini baholash va tashhisotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabetda suyak to‘qimasiga ta’sir etuvchi metabolik buzilishlar bilan og‘ir kechuvchi osteoporoz xamroxligida va osteporozsiz diabetik bilan og‘rigan ayollarda gormonal fonning ta’siri isbotlangan;
ikkilamchi giperparatireoz va gipokal`semiya bilan xamroxlikda kechuvchi diabetik polineyropatiyada postmenopauzal osteoporoz bilan og‘rigan bemor ayollarda suyak to‘qimasining trabekulyar va kortikal qismini zararlanishi aniqlangan; 
ilk marta diabetik polineyropatiya rivojlanishida gematoensefal to‘siqni mikrotsirkulyator buzilishlarga olib keluvchi neyrotrofik omillarni axamiyati asoslangan;
diabetik polineyropatiya bilan og‘rigan ayollar holatini baholashda erta skrining tashxislash imkonini beruvchi diagnostik va prognostik me’zonlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Postmenopauzal davrda diabetik polineyropatiya va uning asoratlari monitoringi, tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
postmenopauzal davrda diabetik polineyropatiya va uni erta tashhislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Postklimakterik davrda diabetik polineyropatiyani erta tashhislash usuli" uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 8n-d/137-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada menopauza davridagi ayollarda diabetik polineyropatiyani zamonaviy tashxislash usullari yoritilgan hamda amalda tadbiq qilish imkonini bergan; 
postmenopauzal davrdagi ayollarda diabetik polineyropatiya kasalligini erta tashxislash algoritmi bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, Andijon viloyat endokrinologiya dispanseri va Andijon shahrining 2-oilaviy poliklinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 06 sentyabrdagi 08-07/11348-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarining joriy qilinishi postmenopauzal davrda diabetik polineyropatiya aniqlangan bemorlar salomatlik xolatini monitoring qilish, tayanch-harakatlanish tizimi asoratlarini erta aniqlash va natijada nogironlik hamda o‘lim xavfini kamaytirish imkoniyatini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish