Nuritdinov Nuriddin Anvarxodjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligida chap qorincha diastolik disfunksiyasining klinik-neyrogumoral va genetik aspektlari» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2. DSc/Tib416.
Ilmiy maslahatchi: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Vasyuk Yuriy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gadaev Abdigaffor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Abdullaeva Guzal` Jaloliddinovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Belorussiya Respublika kardiologiya ilmiy-amaliy markazi (Belarus Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: klinik-neyrogumolral va genetik prediktorlarni hisobga olgan holda surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash va rivojlanishini prognozlash hamda davolash uslublarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub SYuEli bemorlarda al`dosteronsintaza S(-344)T CYP11B2 va miya natriyuretik peptidi T(-381)C NPPB genlari polimorfizmining tarqalish va kasallik shakllanishida ishtirok darajasi aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda neyrogumoral omillarni yurak diastolik disfunksiyasi turiga bog‘liq holda yaqqol oshishi va uni kasallikning og‘irlik darajasi bilan hamohangligi aniqlanib, kasallikni kechishi va nohush prognozni xamda davolash samaradorligini baholashdagi bashoratlash ahamiyati asoslangan;
ilk bor o‘zbek millatiga mansub SYuEli bemorlarda S(-344)T CYP11B2 va miya natriyuretik peptidi T(-381)C NPPB genlarining bemorlarda kasallik rivojlanishining molekulyar-genetik determinantlari aniqlangan hamda ular bilan kasallik klinik kechishi hamda yurak diastolik funksiyasi buzilishlari orasida assotsiatsiya mavjudligi isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida kasallik kechishi og‘irlik darajasi, chap qorincha restriktiv diastolik disfunksiyasi va buyrak disfunksiyasi rivojlanish xavfini aniqlovchi klinik-neyrogumoral, vizualizatsion va genetik prediktorlar aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida yurak diastolik disfunksiyasi rivojlanishi va kasallik klinik kechishi jarayonlarini tashxislash, davolash algoritmlari va kasallikni bashoratlovchi model` ishlab chiqilgan hamda patogenetik davolash tartibi neyrogumoral va genetik tekshiruvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda yurak diastolik funksiyasi o‘zgarishlarining klinik-diagnostik asoslari va ularni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak va buyrak funksiyasi o‘zgarishlarini tashxislash bo‘yicha tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligida buyrak disfunksiyasini erta tashxislash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 8n-r/179-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda buyrak funksiyasi o‘zgarishlarini tashxislashni samarali amalga oshirish imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak diastolik funksiyasini erta aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak diastolik funksiyasini erta tashxislash usuli» mavzusida uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 dekabrdagi 8n-d/265-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur yurak diastolik disfunksiyasini o‘zgarishlarini tashxislash algoritmini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak diastolik funksiyasi o‘zgarishlarini klinik-diagnostik asoslari va ularni davolashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi, 1- son Respublika klinik shifoxonasi, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Buxoro kardiologik dispanseri, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik shifoxonasi, Yunusobod tumani markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 sentyabrdagi 08-09/12062-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar surunkali yurak etishmovchiligini erta tashxislash, kasallik klinik kechishini prognozlash, asoratlarini oldini olishga imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish