Rustamov Kamoliddin Jo‘raboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ko‘p maqsadli mashina gidravlik yuritmasi parametrlarini hisoblash metodikasini takomillashtirish», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1752
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Askarxodjaev To‘lqin Ishonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevich (Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti); texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axmedov Doniyor Anvarjonovich (O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti). 
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
ko‘p maqsadli mashinaning gidravlik yuritmasi ish jarayonini hisoblash metodikasini takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p maqsadli mashina texnologik parametrlari (qazish, surish, burg‘ulash, ko‘tarish-tushirish)ni asoslovchi texnik ish unumdorligi ifodasi tezlik koeffisienti va mavjudlik koeffisientini kiritish asosida takomillashtirilgan;
ko‘p maqsadli mashina gidravlik tizimini tez almashinuvchi jihozlar (cho‘mich, otval, burg‘u, ko‘tarish-tushirish) bilan ish jarayonini hisoblash matematik modeli harakat tenglamalarini sonli echish Kutta-Merson va Teylor usuli muzlatilgan koeffisientlar orqali takomillashtirilgan;
ekskavator gidroyuritmasi dinamik modelining oraliq burchak ratsional parametrlari Matlab/Simulink dasturida statik, kinematik va dinamik parametrlar yordamida dissipativ funksiyani ikkinchi turdagi Lagranj tenglamasiga almashtirish orqali vektor-matrisa shaklidagi tenglamalar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
ko‘p maqsadli mashina gidroyuritmasi ish jarayonini kompleks hisoblash usuli qazish jarayonlarida gidrotizimga tushayotgan kuchlar ta’sirini hisobga olib, texnologik jarayonni istiqbolli prognoz qilish imkoniyatini kafolatlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
unumdorlik koeffisientiga ta’sir etuvchi kuchdan va gruntning qarshilik kuchidan foydalangan holda, tezlikning masshtabli koeffisientini kiritish yo‘li bilan ko‘p maqsadli mashinaning takomillashtirilgan texnologik (qazish, itarish, burg‘ulash, ko‘tarish va tushirish) parametrlari Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti va “O‘zyo‘lmashservis” ilmiy-ishlab chiqarish tajriba unitar korxonalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 1 fevral 2021 yildagi 03-389-son ma’lumotnomasi). Natijada energiya tejaydigan gidroyuritmaning ishlashi, qazish jarayonida energiya ehtiyojini 23%ga va dvigatelga tushadigan yukni kamaytirish imkoni yaratilgan;
universal mashinaning gidravlik tizimini tez almashinuvchi jihozlar (cho‘mich, otval, burg‘u, ko‘tarish-tushirish) bilan ish jarayonini hisobga olishga mo‘ljallangan takomillashtirilgan matematik modeli “O‘zyo‘lmashservis” ilmiy-ishlab chiqarish tajriba-unitar korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 1 fevral 2021 yildagi 03-389-son ma’lumotnomasi). Natijada ekskavator quvvati va quvvat parametrlariga bog‘liq cho‘mich a2=470…530, rukoyat a3=550…580 va strelalar a5=220…270 aniqlangan o‘zaro bog‘liqliklarni cho‘michni optimal joylashuvini aniqlash imkonini bergan;
ekskavator gidroyuritmasi Matlab/Simulink dasturida statik, kinematik va dinamik modellari optimal burchaklar diapazoni yordamida ishning davomiylik sikli va unumdorligini optimallashtirilgan ratsional parametrlari “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi” MChJga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 1 fevral 2021 yildagi 03-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi faoliyatida ishlab chiqilgan hamda amaliyotda qo‘llanilayotgan ko‘p maqsadli mashinalari konstruksiyalarining tarkibiy qismlari takomillashtirilgan;
ko‘p maqsadli mashina gidravlik tizimining ish jarayonini kompleks hisoblash usuli “O‘zyo‘lmashservis” ilmiy-ishlab chiqarish tajriba-unitar korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 1 fevral 2021 yildagi 03-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir cho‘michli ekskavatorning ekspluatatsion ish faoliyatini 15% ga oshirish ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish