Aslonov Norqul Rabbonaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qattiq va maishiy chiqindilarni tekislash va ko‘mishga mo‘ljallangan bul`dozer otvalining asosiy parametrlarini ishlab chiqish va asoslash», 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1676.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.18/30.12.2019.T.09.01 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Xankelov tavbay Qarshievich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bazarov Baxtiyor Imamovich (Toshkent davlat transport universiteti); texnika fanlari doktori, professor Astanaqulov Komil Dullievich (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni tekislash va ko‘mishga mo‘ljallangan bul`dozer otvalining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yonlama kengaytirgich va vertikal panjara bilan jihozlangan bul`dozer otvali yordamida qattiq maishiy chiqindilarni tekislash va ko‘mish jarayonlarida otvalda hosil bo‘ladigan asosiy qarshilik kuchining gorizontal tashkil etuvchisi P-k1 ya’ni otvalning eng asosiy parametrlari, yonlama kengaytirgichni o‘rnatish burchagi- , otval eni, bul`dozer harakatlanish tezligini hisobga oluvchi koeffisient hamda qattiq maishiy chiqindilarni qazish chuqurliglariga bog‘liqligi “Sochiluvchan muhit chegaraviy holati nazariyasi” takomillashtirilgan;
yonlama kengaytirgich va vertikal panjara bilan jihozlangan bul`dozer otvali yordamida qattiq maishiy chiqindilarni tekislash va ko‘mish jarayonlarida eltish prizmasining shakllanish jarayoni qonuniyatlari Kulon-Mor qonunidan foydalanilgan holda takomillashtirilgan;
kompakt operatorlar to‘la simmetrik ideallarida Danford-Shvars operatorlari ta’siri uchun individual va statistik ergodik teoremalarning variantlari olingan;
N`yuton qonunidan foydalangan holda bul`dozer harakatlanish tezligining qattiq maishiy chiqindilarni qazishga qarshilik kuchi qiymatiga ta’siri qonuniyati o‘rnatilgan, bunda: bul`dozer tezligi ϑ<1,5 m/s bo‘lganda tezlik koeffisienti k_ϑ=1 va bul`dozer tezligi 1,5<ϑ<3,5 m/s da tezlik koeffisienti 1<k_ϑ<1,3 oralig‘ida o‘zgarishi qonuniyati yaratilgan;
o‘xshashlik nazariyasi va modellashtirish nazariyasi qonuniyatlariga asoslangandan holda qattiq maishiy chiqindilarni tekislash va ko‘mish jarayonlarini fizik modellashtirish usuli takomillashtirilgan;
yon kengaytirgichlar va vertikal panjaralar bilan jihozlangan bul`dozer otvali yordamida qattiq maishiy chiqindilar uyumini qazish, tekislash va zichlash jarayonlari sifatini baholovchi ko‘rsatkichlar tizimi ilk bor yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy qilingan:
yonlama kengaytirgichlar va vertikal panjara bilan jihozlangan bul`dozer otvali konstruksiyasining ratsional parametrlari “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish stansiyasi” davlat unitar korxonasida ishlab chiqishga joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” davlat qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 02-02-8/364-son ma’lumotnomasi). Natijada yonlama kengaytirgichlar va vertikal panjara bilan jihozlangan bul`dozer otvali konstruksiyasini ishlab chiqish orqali mashinaning ko‘p maqsadliligiga erishilgan;
qattiq maishiy chiqindilarni tekislash va ko‘mish ish jarayonlarini tahlil qilish hamda jarayonlarning matematik modellari “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish stansiyasi” davlat unitar korxonasida joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” davlat qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 02-02-8/364-son ma’lumotnomasi). Natijada qattiq maishiy chiqindilarni tekislashda bul`dozer otvalining konstruksiyasi ish jarayoni takomillashtirilgan, foydali ish koeffisienti hamda iqtisodiy samaradorligi 61 752 000 so‘mga ortgan;
yonlama kengaytirgichlar va vertikal panjara bilan jihozlangan bul`dozer otvalini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish stansiyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan tadbiq etishga qabul qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” davlat qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 02-02-8/364-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bul`dozer otvalining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan, uning ishlab chiqarishga joriy etilishi qattiq maishiy chiqindilarni tekislash samaradorligini mavjud texnikalarga nisbatan 15-20 % ga oshiradi.