Samatov Azizjon Abdulaxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sutli mahsulotlarni tashqi iqtisodiy faoliyatda kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T854.
Ilmiy rahbarlar: Hamroqulov G‘ofurjon, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Dilshod Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor;Turaev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy texnik reglament talablariga muvofiq qayta ishlangan yangi turli xildagi eritilgan pishloq mahsulotlarning TIFda qo‘llanadigan kodlarini belgilovchi usullarini ishlab chiqishni va sertifikatlashni taklif etish hamda mahsulotlarning sifat va havfsizlik  ko‘rsatkichlarini tezkor va samarali baholash usulini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritilgan pishloq tarkibida inson salomatligi va hayoti uchun havfli bo‘lgan mikrobiologik xavf komponentlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillari aniqlangan;
eritilgan pishloq mahsulotlarning kimyoviy tarkibi, tuzilishi va iste’mol xossasidan kelib chiqqan holda amaldagi tovar kodlariga qo‘shimcha tarzda kiritilgan yangi tovar kodlari yaratilgan; 
eritilgan pishloq mahsulotlarning tovar holatini belgilovchi organoleptik, fizik-kimyoviy, sifat va havfsizlik ko‘rsatkichlari hamda iste’mol xossasiga muvofiq mazkur tovarlarning kod raqamlarini ularning yog‘lilik darajasi asosida belgilash usullari ishlab chiqilgan;
eritilgan pishloq mahsulotlarning tovar holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash usullaridan mazkur tovarlarning kod raqamlarini to‘g‘ri belgilash mezonlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sut mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Eritilgan pishloqlar” texnik sharti O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan (O’zDSt 3024:2015). Natijada, qayta ishlangan turli xildagi eritilgan pishloqlarni iste’mol qilish uchun ishlab chiqish va sertifikatlash imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha eritilgan pishloq mahsulotlari uchun 0406900101,0406900102, 0406900103 va 0406900104 raqamli tovar kodlari davlat bojxona qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 29 yanvardagi 1/16-040-son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona statistikasini to‘liq va to‘g‘ri yuritilishiga hamda bojxona to‘lovlari stavkalarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
eritilgan pishloq mahsulotlarini ekspertiza qilishda tezkor, ishonchli va aniq bo‘lgan tahlil uslubi davlat bojxona qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 5 apreldagi 1/16-127-son ma’lumotnomasi). Natijada, bojxona organlarida eritilgan pishloq mahsulotlarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra to‘g‘ri sinflash va sertifikatlash dasturini qabul qilish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish