Berdimurodov Azizjon Shukrilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt680.
Ilmiy rahbar: Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.2019.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatillo Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  mamlakatimizda erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkin turistik hududlardagi davlat aktivlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish hamda tashqi boshqaruvni joriy etish asosida erkin turistik hududlarni optimallashtirish mexanizmidan foydalanish yuzasidan ilmiy takliflar dalillangan;
“turizm qishlog‘i” va “turizm mahallasi”ni tashkil qilish asosida ichki va ziyorat turizm yo‘nalishlarini samarali rivojlantirishda “kichik turistik hududlar” modelining takomillashtirilgan usuli asoslangan;
erkin turistik hududlardagi turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatining natijaviylik va rentabellikka erishishini takomillashgan iqtisodiy model asosida hisoblash taklifi asoslangan;
pandemiyadan keyingi sharoitda erkin turistik hududlarni rivojlantirish orqali turizmda band aholi sonining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv sharoitida erkin turistik hududlarni samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
erkin turistik hududlardagi davlat aktivlari faoliyatiga tashqi boshqaruvni joriy etish hamda ularni bosqichma-bosqich xususiylashtirish asosida erkin turistik hududlarni optimallashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2019-2020 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-16/5428-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida «Samarkand sity» turistik hududida integratsiyalash va keng qamrovli tejamkorlikni amalga oshirish hisobiga 2020 yilda investisiyalar hajmining ikki marotaba ortishiga imkon bergan;
erkin turistik hududlar qoshida «kichik turistik hududlar» modelidan samarali mexanizm sifatida foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2019 yil 4 oktyabrda tasdiqlangan 01-17/55-828-ChT – sonli nazorat rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-16/5428-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida «Chorvoq» erkin turistik hududi negizida kichik turistik hududlar (2 ta turistik qishloq va 1 ta turistik mahalla) tashkil etilganligi iqtisodiy samaradorlik va investision faoliyatning sinergetik samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
erkin turistik hududlardagi turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatining natijaviylik va rentabellikka erishishini takomillashgan iqtisodiy model asosida hisoblash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2019-2020 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-16/5428-son ma’lumotnomasi). Taklifning amalga oshirilishi natijasida har bir turistik korxona natijaviyligi va rentabelligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2019 yilda sof tushum mablag‘larining 14,9 %ga ortishiga imkon yaratilgan;
mamlakatimizda erkin turistik hududlarni strategik rivojlantirish orqali turizmda band aholi sonining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning 2025 yilgacha bo‘lgan chora-tadbirlar dasturi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2020 yil 16 noyabrdagi 02-16/5428-son ma’lumotnomasi). Natijada erkin turistik hududlarda «xavfsiz turizm»ga qo‘yilgan talablarni e’tiborga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga 2020 yilda turizmda band aholi sonini keskin qisqarishini minimallashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish