Mirzaeva Madina Madjitovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): ): «Norfluorokurarin asosida dori preparatlarini olish va standartlash», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Far42.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaev Qudratilla Asatillaevich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Tillaeva Gul`nora Urinbaevna, texnika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: V. erecta o‘simligidan vinkanin alkaloidini ajratish, uning asosida  olingan fluorokurarin bromid substansiyasini standartlash  va in’eksion dori preparatini sifatini nazorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tik o‘suvchi bo‘rigul o‘simligi xomashyosining sifat va miqdor tahlil usullari ishlab chiqilgan;
tik o‘suvchi bo‘rigul o‘simligi ildiz va ildizpoyasidan vinkanin alkaloidi ajratib olingan, uning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor vinkanin alkaloidi asosida fluorokurarin bromid substansiyasini olishning optimal usuli ishlab chiqilgan; 
fluorokurarin bromid substansiyasini YuQX, YuSSX, IQ, UB, YaMR, LC/MS, RTT usullari orqali validatsiyalash va standartlash usullari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Norfluorokurarin asosida dori preparatlarini olish  va standartlash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tik o‘suvchi bo‘rigul o‘simligi xomashyosi uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2020 yil 15 oktyabrdagi 29/01-407-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xatlari). Ushbu me’yoriy hujjatlarni tasdiqlanishi nootrop mahalliy tabiiy vositalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
fluorokurarin bromid  substansiyasi uchun vaqtinchalik farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2020 yil 15 oktyabrdagi 29/01-407-son, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xatlari). Ushbu me’yoriy hujjatlarni tasdiqlanishi nootrop ta’sirga ega 0,5% li  1ml «Flyubrom»  in’eksion eritmasini olish imkonini beradi;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida fluorokurarin bromid  substansiyasining spesifik farmakologik faolligi tekshirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli nootrop ta’sirli bezarar dorivor substansiyasini ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish