Misirova Surayyo Abdumutalovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Manzarali gullarning zamburug‘ turlari qo‘zg‘atuvchi kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.1.PhD/Qx52.

Ilmiy rahbar: Xolmuradov Erkin Avazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Boyjigitov Fozil Muxammadievich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent va Namangan viloyatlarining ochiq dala va issiqxonalar sharoitida o‘stirilayotgan manzarali gullarda eng ko‘p uchraydigan zamburug‘ turlari qo‘zg‘atuvchi kasalliklarini aniqlash va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Toshkent va Namangan viloyatlari sharoitida o‘stirilayotgan 15 ta tur gul o‘simliklaridan kasallik qo‘zg‘atuvchi 59 ta zamburug‘ turlari va ularning 11 ta forma va 1 ta variatsiyasi aniqlangan;

tanlangan gul o‘simliklarida 81 ta zamburug‘ turlari qo‘zg‘atgan kasalliklar bilan kasallanishi isbotlangan;

tajribada tanlangan 15 ta tur gul o‘simliklarda eng xavfli deb topilgan fuzarioz so‘lish 10 ta tur gulni, kulrang chirish 11 ta, zang 11 ta hamda un-shudring 6 ta tur gul o‘simliklarini kasallantirishi aniqlangan;

respublikamiz sharoitida tanlangan manzarali gul o‘simliklarida aniqlangan kasalliklarga qarshi biologik usulda Trishoderma viride zamburug‘ini, kimyoviy usulda Maksim, Bayleton, Fundazol fungisidlarini qo‘llash agrotexnik tadbirlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Manzarali gullarning zamburug‘ turlari qo‘zg‘atuvchi kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha olingan ilmiy taqiqotlar natijalari asosida:

manzarali gullarning zamburug‘ turlari qo‘zg‘atuvchi kasalliklariga qarshi kurash choralari 2009–2015 yillar mobaynida Toshkent viloyati Qibray tumani «Shomil» gulchilik va «Adolat» fermer xo‘jaliklarida, Namangan shahrining «Musaffo Grand Oil»  xususiy korxonasi, «Namangan gullari savdo servis»  va «Vodiy ko‘kalamzor savdo servis» ma’suliyati cheklangan jamiyati, «Firdavs Ifori» korxonasi va «Dexqon-M» fermer xo‘jaliklarining jami 6,5 gektar issiqxona sharoitlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 29 noyabrdagi 02/20-1256-son ma’lumotnomasi). Bunda issiqxona sharoitida atirgul o‘simligining fuzarioz kasalligiga qarshi Maksim preparati bilan qatorlarga ishlov berilganda 0,01 ga maydondan 428 dona gul o‘simligini asrab qolingan va iqtisodiy samarasi (dona/100mhisobida) o‘rtacha 843 ming 400 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish