Boborajabov Bahodir Nasriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bitumlarni modifikatsiya qilish va ular asosida yo‘llarni qoplash uchun kompozisiyalar tarkibi va olish texnologiyasini yaratish», 02.00.08 – Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1266.
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Axmadjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmat Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O`ZLITINEFTGAZ» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan bitum olish tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xoashyolar va neft`-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi bitum olish uchun modifikatorlar yaratilgan;
eskirgan rezina-modifikatorlar yaratilgan texnika buyumlari va shinalar asosida o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi bitum olish uchun ko‘p funksiyali ingredient yaratilgan;
bitumlarni yaratilgan modifikator va ingredientlar bilan modifikatsiya qilish tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan modifikator va ingredientlarning bitumni issiqga, sovuqga, ishqalanishga, cho‘zilishga, korroziyaga siqilishga chidamliligiga va reologik, texnologik fizik-mexanik, dinamik xossalariga ta’siri aniqlangan;
yaratilgan ingredientlar asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi bitum tarkibi, olish va ishlatilish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida jaxon talablariga javob beruvchi modifikatsiyalangan bitum olish tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yaratilgan modifikatorlar asosida yo‘l bitumlarini modifikatsiya qilish tarkibi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2021 yil 12 maydagi 02-02/17-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l bitumlarini yumshash haroratini 48oS dan 120oS gacha oshirish imkonini bergan;
yaratilgan modifikatorlar asosida yo‘l bitumlarini modifikatsiya qilish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2021 yil 12 maydagi 02-02/17-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l bitumlarini ishlab chiqarish unimdorligini 23% oshirish imkonini beradi;
modifikatsiya qilingan bitum va mahalliy organomineral xomashyolar asosida yo‘l qoplamalari olish tarkibi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining «2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2021 yil 12 maydagi 02-02/17-son ma’lumotnomasi). Natijada, asfal`to-bitum yo‘l qoplamalari texnologik, fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini 37%, ishlatilish vaqtini uch barobarga oshirish imkonini bergan.