Maxmudov Sarvar Yuldashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonini innovatsion – variativ yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Ped153.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Musurmonova Oynisa Musurmonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DS.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor, Mardonov Shukrullo Kuldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor, Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion-variativ yondashuv asosida xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish jarayoni kompetensiyaviy akmeologik, zamonaviy androgogik mezonlar asosida, talab va ehtiyojga asoslangan, tabaqalashtirilgan, variativlik tamoyillarining kasbiy faoliyat bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tabaqalashtirilgan variativ malaka oshirish texnologiyalari, malaka oshirishning o‘quv-metodik ta’minoti mobilligini ta’minlash, unifikatsiyalash hamda androgogik ta’lim talablariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonining progressiv tashkiliy-pedagogik mexanizmlari innovatsion-variativ ta’lim texnologiyalarini, variativ axborot resurslarini ta’lim jarayoniga erkin tanlash prinsiplarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz, variativ malakasini oshirish tizimi raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kreativ, motivatsion, refleksiv kasbiy ko‘nikmalarni integratsiyalash, o‘zini o‘zi rivojlantirishga individual yondashuv asosida takomillashtirilgan;
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning tabaqalashtirilgan variativ texnologiyalari, diversifikatsion didaktik jarayonlar improvizatsiya, ta’lim texnologiyalarining sinergetik imkoniyatlari, pedagogning fasilitatorlik, t`yutorlik funksiyalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonini innovatsion – variativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish jarayoni kompetensiyaviy akmeologik, zamonaviy androgogik mezonlar asosida, talab va ehtiyojga asoslangan, tabaqalashtirilgan, variativlik tamoyillarini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 iyuldagi 2/2-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat talablarining joriy etilishi tizimdagi barcha malaka oshirish ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish ta’minlagan;
tabaqalashtirilgan variativ malaka oshirish texnologiyalari, malaka oshirishning o‘quv-metodik ta’minotini mobilligini ta’minlash, unifikatsiyalash hamda androgogik ta’lim talablariga muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi 234-son “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1, 3, 5 va 6-ilovalari bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-1199-son ma’lumotnomasi). Natijada, XTXMO muassasalarining tashkiliy tuzilmasi va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish asosida ta’lim sifatini oshirishga imkon yaratdi (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 iyuldagi 2/2-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonining progressiv tashkiliy-pedagogik mexanizmlari innovatsion-variativ ta’lim texnologiyalarini, variativ axborot resurslarini ta’lim jarayoniga erkin tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan prinsiplari I1-XT-0-11142 “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion qadriyatli yo‘nalishlarini joriy etish” (2012-2013 yy.) mavzusidagi, I-XT-0-67904 “Pedagog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida o‘quv-metodik qo‘llanmani tayyorlash va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi va F1-OT-0-90467 “Kasb-hunar kollejlarida kasblarni mehnat bozori ehtiyojiga mosligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-1199-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari uchun o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha yo‘riqnoma amaliyotga tatbiq etildi hamda barcha malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari o‘quv reja va dasturlari ushbu yo‘riqnoma asosida muvofiqlashtirilgan;
xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz, variativ malakasini oshirish tizimi raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida kreativ, motivatsion, refleksiv kasbiy ko‘nikmalarni integratsiyalash, o‘zini o‘zi rivojlantirishga individual yondashuv asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini takomillashtirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi 53-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’limi muassasalarida tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-1199-son ma’lumotnomasi), (Xalq ta’limi vazirligi xuzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 iyuldagi 2/2-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, monitoring asosida olingan ma’lumotlar malaka oshirish kurslaridagi ta’lim jarayonlarini ehtiyojlarga asoslangan holda takomillashtirib borishga xizmat qilgan;
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirishning tabaqalashtirilgan variativ texnologiyalari, diversifikatsion didaktik jarayonlar, improvizatsiya, ta’lim texnologiyalarining sinergetik imkoniyatlari, pedagogning fasilitatorlik, t`yutorlik funksiyalariga ustivorlik berish asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar I-XT-0-67904 “Pedagog kadrlar malakasini uzluksiz oshirish mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida o‘quv-metodik qo‘llanmani tayyorlash va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi va F1-OT-0-90467 “Kasb-hunar kollejlarida kasblarni mehnat bozori ehtiyojiga mosligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 8 iyuldagi 89-03-1199-son ma’lumotnomasi, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 iyuldagi 2/2-731-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida innovatsion – variativ yondashuv asosidagi o‘quv reja va dasturlar ishlab chiqilgan.